AsosiySport

Yangi tuzilgan Evrosiyo ot sporti assosiasiyasiga vise-prezidentsaylandi

'Yangi tuzilgan Evrosiyo ot sporti assosiasiyasiga vise-prezidentsaylandi'ning rasmi

Shu yil 13 noyabr kuni yangi tuzilgan Evrosiyo ot sporti assosiasiyasi Umumiy yig`ilishining majlisi bo`lib o`tdi.  Unda O`zbekiston yilqichilik va ot sporti federasiyasining birinchi vise-prezidenti Feruz Abdullaev ham ishtirok etdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi  Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Ushbu assosiasiya Evrosiyo mintaqasida ot sportini rivojlantirish, assosiasiyaga a`zo mamlakatlar manfaatlarini himoya qilish, Evrosiyo mamlakatlari guruhining tashabbuslari va sport sohasidagi faoliyatini qo`llab-quvvatlash maqsadida tuzilgan ixtiyoriy jamoat birlashmasi hisoblanadi.

Yig`ilishda tashkiliy masala ko`rildi. Unda Rossiya ot sporti federasiyasi prezidenti Marina Vladimirovna Sechina bir ovozdan yangi assosiasiya prezidenti etib saylandi. Hamyurtimiz Feruz Abdullaev esa bir ovozdan Evrosiyo ot sporti assosiasiyasining vise-prezidenti etib saylandi.

Shuningdek, umumiy yig`ilish majlisida FEI Xalqaro ot sporti federasiyasi prezidenti Ingmar de Vos yangi assosiasiya tuzilgani munosabati bilan o`z tabrigini yo`lladi.

 

    Boshqa yangiliklar