Prezident Shavkat Mirziyoev Toshkentning Chilonzor tumanini ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish masalalari muhokamasi yuzasidan mahalla raislari, yoshlar, mutasaddilar ishtirokida yig`ilish o`tkazdi. – Bugun tumanda «o`sish nuqtalari»ni aniqlab, iqtisodiyotni kompleks rivojlantirish, aholi turmush darajasini oshirish bo`yicha vazifalarni belgilab olishimiz kerak, – dedi davlatimiz rahbari tadbir avvalida. ![]() Chilonzorda 51 ta mahalla bor. Iqtisodiy faol aholining 9 foizi ishsiz. Kishi boshiga sanoat hajmi Toshkent shahridagi o`rtacha ko`rsatkichdan 2 barobar past. Shu bois mahallalardagi rezervlar o`rganilib, tumanni kompleks rivojlantirish bo`yicha ikki yillik dastur ishlab chiqildi. U ettita asosiy yo`nalishni qamrab olgan. ![]() Dasturga ko`ra, qurilish materiallari, oziq-ovqat, to`qimachilik, kimyo, farmasevtika, zargarlik kabi sohalarda umumiy qiymati 10 trillion 238 miliard so`mlik 298 ta investisiya loyihasi shakllantirilgan. Shuningdek, tadbirkorlikni rivojlantirish, kambag`allikni qisqartirish, yo`l va kommunal tarmoqlarni ta`mirlash, tibbiyot va ta`lim sohalarida yangi islohotlarni joriy etish, jinoyatchilikni qisqartirish bo`yicha dolzarb vazifalar belgilandi. ![]() – Agar mahallabay ichiga kirsak, odamlar adolatni sezadi, – deya ta`kidladi Prezident. Davlatimiz rahbari yig`ilishga kelgan yoshlarning fikrlarini tingladi. Ularning barcha takliflarini qo`llab-quvvatlab, ijrosi bo`yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi. – Toshkentda yoshlar bilan ishlash bo`yicha yangi tizim bo`ladi, – dedi Shavkat Mirziyoev. – Shahar yoshlari forumi o`tkaziladi. Toshkent yoshlari karvonboshi bo`lishi kerak. ![]() Poytaxt tumanlarida «loyihalar fabrikasi» tashkil etib, yoshlarning biznes tashabbuslarini amalga oshirishga ko`maklashish zarurligi qayd etildi. ![]() – O`zbekistonning ertangi kunini peshona terimiz bilan yaratamiz. Kim bu ishlarni qiladi? Vatanni sevgan, fidoyi insonlar! Yo`limiz bitta: odamlarga halol xizmat qilish, xalqimizning roziligiga erishish, – dedi davlat rahbari yig`ilish yakunida. ![]() ![]() ![]() |
15.01.2021, 13:40
Prezident Shavkat Mirziyoev bugun, 15 yanvar kuni Toshkent shahridagi bunyodkorlik ishlari, korxonalar faoliyati bilan tanishmoqda. Bu haqda Prezident axborot xizmati xabar berdi.Davlat rahbari shahar markazidagi...06.01.2021, 17:41
Ijtimoiy tarmoqlarda "Beshyog`ochda "Neksiya" yonib ketdi" sarlavhasi ostida video tarqaldi. Hodisa yuzasidan IIV YHXBB ma`lumot berdi. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, bugun, 6 yanvar kuni soat 14:10larda Toshkent shahar,...13.12.2020, 18:33
Bu erda har biri 54 kvartirali to`rtta 9 qavatli turar joy qurilmoqda. Monolit usulida, energiyatejamkor qurilish materiallaridan foydalangan holda bunyod etilmoqda. Xonadonlar tayyor holda topshiriladi....30.11.2020, 20:21
Bugun, 30 noyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.Ikki mamlakat o`rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada...