AsosiyJinoyat

Buxoroda ikki farzandning onasi bo`lgan ayol 11 yoshli norasida qizchani bolg`a bilan o`ldirishga urindi (video)

'Buxoroda ikki farzandning onasi bo`lgan ayol 11 yoshli norasida qizchani bolg`a bilan o`ldirishga urindi (video)'ning rasmi

16 noyabr kuni sodir bo`lgan ushbu dahshatli voqea tafsilotlari "Yoshlar" telekanalining "Davr" dasturida ma`lum qilindi. 

Buxoro shahar IIBga ko`ra,  qizchaning yolg`iz qolganligidan foydalanib, uyning pastki qavatidagi "Go`zallik saloni"da ishlaydigan ayol  suv ichishni bahona qilib xonadonga kiradi. O`zi bilan olib kirgan bolg`a bilan qizaloqni bosh qismiga bir necha marotaba uradi. Bu ham etmagandek avval yostiq bilan, keyin  qullari bilan bug`adi. Hushini yo`qotgan qizni, o`lgan deb o`ylab, uydagi 12 turdagi tilla taqinchoqlar va pul mablag`larini olib voqea joyidan yashiringan. 

Olib borilgan surishtiruvlar natijasida ayolning Buxoro tumanida yashashi, 1985 yilda tug`ilgani, 2 farzandning onasi ekanligi ayniqlanadi. Tafsilotlarga ko`ra, ayol aslida qizchaningg onasining dugonasi bo`lib, uning sarmoyasi borligini o`zidan bilib oladi. 

Ayolga nisbatan shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining  tegishli moddalari bilan qamoqqa olish chorasi qo`llanilgan. Ota-onasi va yaqinlarining baxtiga omon qolgan jabirlangan qizloq esa shifoxonada davolanayotgani aytilmoqda. 

 

    Boshqa yangiliklar