my5
Sevimli

Andijonda Unicorns tanlovining final bosqichi bo`lib o`tadi

Hi-tech 22.11.2020, 18:14
Andijonda Unicorns tanlovining final bosqichi bo`lib o`tadi

Investorlar va startap sohasiga qiziquvchi hamyurtlarimiz diqqatiga! 23 noyabr kuni Andijon shahridagi Raqamli shahar(Digitalcity)da “Unicorns” startaplar tanlovining final bosqichi bo`lib o`tadi. Unda 25 ta ishtirokchi 2 mlrd so`mgacha  bo`lgan sarmoya uchun bellashadi.

Kuni kecha“Unicorns”  loyihasining akselerasiya bosqichi yakunlandi. Jamoalar ekspertlar treninglarida qatnashish va biznes murabbiylari bilan doimiy aloqada bo`lishdi. Kerakli tavsiyalarga tayanib, o`z faoliyatlarini rivojlantirishdi. 

Shuningdek, tanlovning final bosqichiga yo`llanmani qo`lga kiritgan jamoalar ro`yxatini shakllantirish ishlari ham  yakuniga etdi. Ishtirokchilar orasidan saralab olingan eng yaxshi startap egalari o`z loyihalari bilan final bosqichida qizg`in bahs olib boradi.  Yakuniy bosqichda g`olib deb topilgan loyihalar “ Yoshlar – kelajagimiz” jamg`armasi tomonidan moliyalashtiriladi.

Agar siz ham investisiya kiritish uchun startap izlayotgan bo`lsangiz yoki sohani yanada chuqurroq o`rganishni istasangiz, ushbu imkoniyatni qo`ldan boy bermang! Barchani 23-noyabr, soat 9:30 da Andijon shahridagi Raqamli markazda kutib qolamiz, deb yozmoqda Yoshlar Ittifoqi axborot xizmati. 

Ma`lumot uchun: ““Unicorns”” loyihasida 35 yoshgacha bo`lgan, Andijon viloyatida istiqomat qilayotgan yosh startapchilarning loyihalari qabul qilindi. Loyiha 3 bosqichda olib borildi. Dastlabki bosqichdahttps://unicorns.uzveb-sayti orqali 466 nafardan ortiq yosh startapchilarning arizalari qabul qilindi. IIbosqichda esa loyihalar saralandi. Yakuniy bosqichda, ya`ni finalda eng yaxshi deb topilgan loyiha mualliflari bilan aloqaga chiqiladi va saralangan startap loyihalar to`liq qo`llab-quvvatlanadi. Yuborilayotgan startaplarning aksariyati “Ta`lim va kadrlar tayyorlash texnologiyalari”, “Turizm, sayohat, va mehmondorchilik” hamda “Transport va logistika” kabi xizmat turlarini tashkil etmoqda.

Шарҳлар