Biroz avval poytaxtimizdagi "Unisversal" sport majmuasida dzyudo bo`yicha yoshlar o`rtasidagi O`zbekiston chempionati yakunlandi.
Uch kun davom etgan musobaqada Qoraqalpog`iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahridan 400 nafarga yaqin dzyudochilar jami 16 ta vazn toifasi (8 tadan bolalar va qizlar)da medallar uchun tatamiga chiqishdi. Musobaqaning so`nggi kuni og`ir vaznda bellashuvlar o`tkazildi. O`g`il bolalar -100 va + 100 kg, qizlar esa -78 hamda +78 kg vazn toifalarida o`zaro g`olib va sovrindorlarni aniqlashdi.
O`z vazn toifalarida Toshkent shahri vakillari - Muzaffarbek To`raboev, Shoxruhxon Baxtiyorov, xorazmlik dzyudochilar - Irisxon Qurbonboeva va Xosiyat Masharipova O`zbekiston chempioni bo`lishdi. G`olib va sovrindorlarga medal, diplom hamda qimmatbaho sovg`alarni O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi prezidenti Rustam Shoabdurahmonov, MOQ vise-prezidenti, O`zbekiston dzyudo federasiyasi raisi Azizjon Kamilov, O`zbekiston zamonaviy beshkurash federasiyasi raisi Bahromjon Gaziev va boshqa mutasaddilar topshirishdi.
G`olib va sovrindorlar
O`g`il bolalar:
-100 kg vazn toifasi (18 ishtirokchi)
1. Muzaffarbek To`raboev (Toshkent shahri)
2. Ernazar Sarsenbaev (Qoraqalpog`iston)
3. Rufat Xudakov (Toshkent shahri)
3. O`tkirbek To`raboev (Toshkent shahri)
+100 kg (15 ishtirokchi)
1. Shoxruhxon Baxtiyorov (Toshkent shahri)
2. Islombek Ravshanqulov (Toshkent shahri)
3. Shoxruh Mamarasulov (Surxondaryo)
3. Temur Xajiev (Xorazm)
Qizlar:
-78 kg (8 ishtirokchi)
1. Irisxon Qurbonboeva (Xorazm)
2. Mohinsaxon Husanova (Andijon)
3. Gulchehra Bobomurotova (Samarqand)
3. Pokiza Kamoliddinova (Farg`ona)
+78 kg (5 ishtirokchi)
1. Xosiyat Masharipova (Xorazm)
2. Charosxon Ozadova (Xorazm)
3. Dilfuza Rustamova (Toshkent viloyati)