my5
Sevimli

JSST koronavirusdan antibiotiklar bilan davolanmaslikni tavsiya qilmoqda

Jamiyat 23.11.2020, 00:39
Теглар: JSST, antibiotik
JSST koronavirusdan antibiotiklar bilan davolanmaslikni tavsiya qilmoqda

Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining ogohlantirishicha, Evropada ushbu preparatlardan noto`g`ri foydalanish kasallikning antibiotiklarga chidamlilik xavfini oshirishi mumkin. Bu haqda Dori-darmon AK matbuot xizmati xabar berdi.

"Antibiotiklar kasallikni davolamasligi va infeksiyaning oldini olmasligi ma`lum ekaniga qaramay, tahlillar shuni ko`rsatmoqdaki, to`qqizta mamlakatda va Evropaning boshqa hududlarida odamlarning antibiotiklardan foydalanishi pandemiya davrida ko`paygan", — deyiladi JSSTning Evropa byurosi saytida e`lon qilingan xabarda.

Tadqiqot natijalariga ko`ra, antibiotik qabul qilgan odamlarning 79-96 foizi COVID-19 bilan kasallanmagan, biroq koronavirusga chalinmaslik uchun dori ichishgan. Kasalxonaga yotqizilgan bemorlarning 15 foizi antibiotiklarga ehtiyoj sezishgan, chunki ularda shunga o`xshash bakterial infeksiya bo`lgan, biroq bemorlarning 75 foiziga antibiotiklar buyurilgan.

JSSTning ta`kidlashicha, sefalosporinlar turkumidagi antibiotiklarning to`rttala avlodi ham o`z samaradorligini to`xtatishi mumkin, chunki Evropadagi qator tibbiy muassasalar pandemiya boshlanganda virusni shunga o`xshash preparatlar bilan davolashga uringan, deyiladi  xabarda.


 

Шарҳлар

JSST koronavirus va grippning farqlari haqida ma`lumot berdi

12.11.2020, 11:50

Yangi koronavirusning grippdan asosiy farqlari bu ta`m va hid sezish qobiliyatining yo`qolishi hamda nafas qisishi hisoblanadi. Bu haqda Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti xabar bergan. JSST gripp va yangi...
JSST koronavirusga qarshi yagona samarali vositani e`lon qildi

17.10.2020, 19:27

 JSST koronavirusga qarshi yagona samarali vositani e`lon qildi. Bu haqda "Koronavirus Info" xabar berdi.Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adanom Gebreyesusning so`zlariga ko`ra, hozircha faqat...
​Dunyoda har hafta koronavirusga chalinganlar qariyb 2 mln.taga ko`paymoqda

03.10.2020, 15:24

 Har hafta dunyo bo`yicha koronavirusga chalinish bilan bog`liq qariyb 2 mln.ta yangi holat ro`yxatga olinmoqda. Bu haqda JSST bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus Jenevada bo`lib...
Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti karantin takrorlanishiga qarshi fikr bildirdi

03.10.2020, 14:12

Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining (JSST) Rossiyadagi vakili Melita Vuynovich koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda qat`iy karantin choralarini takrorlashga qarshi fikr bildirdi.  «Pandemiyaga oktyabrdagi munosabat fevraldagi kabi emas,...