"Yaqinda Ozarbayjon Zangilon viloyatining bir qismini Armaniston ishg`olidan ozod qildi. Ozarbayjon harbiylari ozodlikdan so`ng, armanlar musulmonlar masjidlarini deyarli vayron qilganliklarini va binolarda cho`chqa va qoramol boqqanliklarining guvohi bo`lishdi", - deb yozadi Ukrainaning 24TV kanali.
Ma`lumot uchun, Zangilon viloyati Tog`li Qorabog`ga tegishli emas va u erda har doim asosan ozarbayjonliklar yashagan. Ammo Armaniston uni ham egallab oldi, chunki u Qorabog` va Armanistonning o`rtasida joylashgan.
Masjidlarning dahshatli holati Ozarbayjon qo`shinlari tomonidan mintaqaning bir qismi ishg`ol etilgandan keyin aniqlandi. Bu haqidagi foto va videolar esa allaqachon ijtimoiy tarmoqlarda e`lon qilingan.
Suratlarda vayronaga aylangan masjidlar devorlarida arman yozuvida bitilgan yozuvlarni ko`rish mumkin.