my5
Sevimli

OAV xodimlari o`rtasidagi “Do`stlik spartakiadasi” musobaqasiga talabnomalar taqdim etish boshlandi

Sport 23.11.2020, 12:44
OAV xodimlari o`rtasidagi “Do`stlik spartakiadasi” musobaqasiga talabnomalar taqdim etish boshlandi

O`zbekiston Respublikasi davlat bayrog`i qabul qilinganining 29 yilligi munosabati bilan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan shu yilning 28-29 noyabr kunlari ommaviy axborot vositalari xodimlari o`rtasida “Do`stlik spartakiadasi” sport musobaqasi o`tkaziladi.

Sport musobaqasida OAV xodimlari badminton (yakkalik va mikst yo`nalishlarida), stol tennisi (yakkalik) hamda voleybol bo`yicha (erkaklar va ayollar) o`zaro musobaqalashadi.

Shu munosabat bilan “Do`stlik spartakiadasi” sport musobaqasida qatnashish istagida bo`lgan barcha turdagi OAV xodimlari va blogerlardan o`z talabnomalarini joriy yilning 25 noyabriga (shu kuni ham) qadar Jismoniy tarbiya va sport vazirligining elektron manzili (info@minsport.uz) yoki (99) 482-52-12 raqamiga Telegram messenjeri orqali yuborishlari so`raladi.

Talabnomaning (namuna) elektron shaklini yuklab oling va to`ldirilgan holda yuboring.

Murojaat uchun telefonlar: (71) 239-24-18, (71) 239-24-37

Шарҳлар