Turkiya hukumati respublika fuqarolarini koronavirusga qarshi bepul emlashni rejeleshtirmoqda, dedi Sog`liqni saqlash vaziri Faxriddin Ko`ja.
Unga ko`ra, Xitoy vaksinasini ishlab chiqaruvchisi bilan muzokaralar yakunlandi, barcha zarur huquqiy bosqichlar o`tdi.
Sog`liqni saqlash vazirligi rahbarining ta`kidlashicha, mamlakatga kamida 10 million dozali dori yuborilgan.
«Emlash mutlaqo bepul amalga oshiriladi. Fuqarolardan hech qanday to`lov olinmaydi », - degan u.
Eslatib o`tamiz, avvalroq, butun Turkiya bo`ylab qisman komendantlik soati kuchga kirgan edi.