Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahridagi savdo markazlaridan birida qonga bulg`angan pichoqni ko`tarib, ikki kishini o`limiga sabab bo`lgan fuqaroning tasviri aks etgan video hamda fotolavhalar tarqaldi va omma orasida turlicha muhokamalarga sabab bo`ldi. Avvalroq, holat yuzasidan prokuratura tomonidan jinoyat ishi ochilib, qotil qo`lga olingani xabar qilingan edi.
"Zamon" informasion dasturida qotil erkak voqeaga nima sabab ekani va buni qanday amalga oshirgani haqida gapirib berdi.
"Shu yilning iyun oylarida xotinimning o`zgarib qolganini sezdim. Uni to`g`ri yurgin, bolalarimiz voyaga etyapti, deb ogohlantirdim. U bo`lsa "men hech qanaqa noto`g`ri yurganim yo`q" deb bilganini qilib yuraverdi. Xotinim savdo bilan shug`ullanardi, bir kuni instagramda shu erlik bir bola bilan yozishayotganini bilib qoldim. Rasmlarini ko`rdim. Keyin xotinimga gapirdim, onasiga ham murojaat qildim. Shundan keyin ham yana uch marta telefonda gaplashayotganida ushlab oldim. Telefonda gaplashgan, "SMS"lar yozgan, keyin o`chirib tashlagan. Shundan keyin uyimizda janjal bo`ldi. O`sha kuni ham ikkalasini ko`rganimdan keyin orqasidan kuzatdim. Yonimda pichog`im bor edi. Ularni oldiga qanday qilib kirib borganimni eslay olmayman, faqat ko`chaga chiqqach, qo`llarim va ustimdagi qonlarni ko`rib ularni pichoqlaganimni bildim. Lekin o`ldirib qo`yganimni bilmayman", degan rashk sabab qo`li qonga botgan erkak.
Mavzuga doir: