Azizbek Mirzaxolov Namangan shahridagi 33-sonli umumta`lim maktabining 11-sinfida tahsil oladi. Yosh, izlanuvchan o`quvchi maktabdagi barcha fanlarni a`lo baholarga o`qishi bilan birga ingliz tilini ham mukammal o`zlashtirishga astoydil kirishgan. U o`zining istiqboldagi rejalarini Angliyadagi oliy ta`lim muassasalari bilan bog`lagan, deya yozmoqda O`zA.
Qolaversa, uning mazkur mamlakat tarixi, madaniyati, Qirollikning o`ziga xos jihatlari qiziqtiradi. Azizbek hozirga qadar juda ko`p mashhur insonlarning dastxatlarini ham to`plashga muvaffaq bo`lgan. Azizbek yuborgan maktubida ham Britaniya tarixiga qiziqishi hamda Qirolichaning dastxatini olishi sharaf ekanini yozgan. Yosh, navqiron shu bilan birga o`zi yashayotgan mamalakat tarixiga qiziqishi bor o`zbekistonlik o`quvchining maktubi Qirolichaning javob maktubi yuborishiga sabab bo`lgan.
Maktubda Qirolicha Elizaveta II maktub olganidan minnatdorligi, yana shunday xatlarni kutib qolishini aytib, alohida minnatdorlik bildirgan. Dastxat o`rnida esa Qirolichaning shaxsiy surati sovg`a sifatida yuborilgan.
Bu maktub nafaqat Azizbekni balki uning tengdoshlarini, ustozlari va yaqinlarini ham ruhlantirgan.
07.12.2020, 23:16
Chust oshi o`ziga xos mazasi bilan ko`pchilikni, ayniqsa, xorijliklarni o`ziga jalb etib kelgan.- Ayni paytda zamonaviy Chust osh markazini barpo etish yuzasidan amaliy ishlar boshlangan....27.11.2020, 22:24
Namanganda 50 gektar maydonga “Organik hudud” tashkil qilish va mahsulotlarini qayta ishlash loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan. Yangiqo`rg`on tumani Iskovot agrofirmasi hududida joylashgan “Valley Fruits” MChJga...26.11.2020, 22:20
Namanganda mahalliy va xorij oliy ta`lim muassasalarida tahsil olayotgan 35 nafar talabaning bir yillik to`lov-shartnoma pullari to`lab berildi. Buning uchun maxsus tashkil etilgan komissiya tomonidan...26.11.2020, 21:46
Namangan viloyatida bugungi kunda aholi xonadonlarining 30 foizi tabiiy gaz, 70 foizi suyultirilgan gaz ta`minoti bilan foydalanmoqda. Bu haqda “Hududgaz Namangan” gaz ta`minoti filiali direktori...