my5
Sevimli

Sirdaryoda birovning xotinini yo`ldan urgani aytilayotgan Toshkentning "GAI" xodimi ishidan ayrildi (video)

Jamiyat 25.11.2020, 09:12
Sirdaryoda birovning xotinini yo`ldan urgani aytilayotgan Toshkentning "GAI" xodimi ishidan ayrildi (video)

Kecha, 24 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Sirdaryoda birovning xotinini yo`ldan urib, ifloslik qilgan Toshkentning GAIsi qo`lga olindi” sarlavhasi ostidagi video lavha tarqaldi.

Ayni paytda IIV YHXBB Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, ushbu fuqaro Toshkent viloyati IIBB YHXB xodimi A.Raxmatullaev bo`lgan. 

Ma`lum bo`lishicha, Toshkent viloyati IIBB YHXB xodimi A.Raxmatullaevning olgan tan jarohati bo`yicha YPXB komandirining tarbiyaviy ishlar bo`yicha o`rinbosari tomonidan boshqarma boshlig`i nomiga yozilgan bildirgi asosida YHXB mas`ullari tomonidan xizmat tekshiruvi o`tkazilgan. Tekshiruv xulosasiga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabr kunidagi PQ-3413-son Qarori bilan tasdiqlangan (2-ilova) “Ichki ishlar organlarining intizom ustavi”, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi 62-sonli “Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalarini tasdiqlash to`g`risida”gi Qarori hamda O`zbekiston Respublikasi IIVning me`yoriy buyruq talablarini qo`pol ravishda buzib, ichki ishlar organi xodimining sha`niga putur etkazuvchi xatti-harakatlar sodir etganligi, xodimlarga nisbatan fuqarolar tomonidan salbiy fikrlar uyg`onishiga sababchi bo`lganligi uchun Toshkent viloyati IIBB YHXB xodimi A.Raxmatullaev O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabr kunidagi PQ-3413-son Qarori bilan tasdiqlangan (1-ilova) “Ichki ishlar organlarida xizmatni o`tash tartibi to`g`risida”gi Nizomning 144-bandi, “k” kichik bandi “ichki ishlar organi xodimi sha`niga putur etkazuvchi xatti-harakatlar sodir etganligi”ga asosan ichki ishlar organlaridan bo`shatilishi bo`yicha xulosa qabul qilingan.

Шарҳлар