Xitoy rahbari endilikda ikki davlat o`rtasidagi aloqalar sog`lom va barqaror rivojlanishiga umid bildirdi, deb xabar qildi rasmiy Sinhua axborot agentligi, deya yozmoqda rbc.ru.
Xitoy prezidenti Si Sinpin Baydenga yo`llagan tabrigida AQSh va Xitoy o`rtasidagi aloqalarning yaxshilanishi nafaqat ikki xalqning tub manfaatlariga xizmat qilishi, balki xalqaro hamjamiyat tomonidan ham kutilayotgan hodisa ekanligini aytgan.
13 noyabr kuni Xitoy Tashqi ishlar vaziri Jo Baydenni g`alaba bilan tabriklagandi. Shuningdek, 25 noyabr kuni Xitoy Bosh Vaziri Vang Qishan Baydenning o`rinbosari Kamala Harrisni qutlagan.