Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 59 million 481 mingdan ortiqni tashkil etmoqda.
Shundan 1 million 404 mingdan ziyod kishi vafot etgan. Jons Xopkins universitetining hozirgi ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda kasallikni 60 million 397 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 1 million 421 mingdan ortig`i vafot etgan.
Kasallik tasdiqlangan holatlar bo`yicha AQSh birinchi o`rinda turibdi, u erda JSST ma`lumotlariga ko`ra 12,276 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi o`rinda Hindiston (9,222 milliondan ortiq), uchinchi o`rinda Braziliya (6,087 milliondan ortiq), to`rtinchi o`rinda Rossiya (2,162 milliondan ortiq), beshinchi o`rinda Fransiya (2,115 milliondan ortiq).