Sal avval xabar berganimizdek, bugun Chinoz tumanidagi “Paxta Neftbazasi”da 5 ming tonna sig`imli yoqilg`i sisternasi yonib ketgan va ayni paytda ham yong`in davom etmoqda.
Energetika vazirligi Matbuot xizmatining xabar berishicha, paxta neft bazasida ta`mirlash ishlari vaqtida yong`in sodir bo`lgan. Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 14 ta yong`in-qutqaruv ekipajlari tomonidan yong'in bartaraf etilmoqda.
Energetika vaziri Alisher Sultonov hodisa ko`lami va uni bartaraf etish yuzasidan ko`rilayotgan chora-tadbirlarni bevosita o`rganish uchun zudlik bilan voqea joyiga etib bordi.
Ayni paytda yong`in bartaraf etilmoqda, Paxta neft bazasi faoliyatini normal rejimda tashkil etish bo`yicha ishlar olib borilmoqda. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo`q, deyiladi tezkor xabarda