Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg`ona viloyat boshqarmasi tomonidan transport prokuraturasi bilan tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo`limi boshlig`i Hayot Shamsutdinov xabar qildi.
“Toshkent-Andijon” yo`nalishi vagon kuzatuvchisi F.X. fuqaro M.ning ishonchiga kirib, uni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali o`zi ishlab kelayotgan jamiyatga ishga kiritib qo`yish evaziga 2 500 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan F.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi va 28, 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.