Kadastr agentligi tomonidan tizimda korrupsiyaga karshi kurashish va bu boradagi qonunchilik normalari mavzusida matbuot anjumani o`tkazildi. Unda Bosh prokuratura mas`ul xodimi Abdurahim Muhiddinov tizimdagi poraxo`rlik, suiiste`molchiliklarga aniq misollar bilan to`xtalib o`tdi...
— Aholimizning 17 mln. nafari yoki qariyb yarmi qishloq joylarda istiqomat qiladi, er ularning asosiy daromad manbai hisoblanadi.
So`nggi uch yilda er resurslari va kadastr sohasini isloh qilishga oid 30 dan ortiq qonun hujjatlari qabul qilindi. Shuncha e`tiborga qaramay, sohada qonuniylik to`liq ta`minlanmayapti. Aksincha, er bilan bog`liq qonun talablarini buzish odat tusiga aylanmoqda. Eng xavotirlisi, er maydonlaridan oqilona va samarali foydalanishga mas`ul idoralarda er bilan bog`liq suiiste`molchilik va korrupsiya holatlari keng avj oldi. Ayrim rahbarlarimiz er maydonlarini shaffof va adolatli tanlovda haqiqiy egasiga topshirish o`rniga, qonun talablarini ochiqdan ochiq buzmoqdalar. Xalq orasida “pul bermasang, er berilmaydi, er bilan bog`liq ishing pulsiz bitmaydi” qabilidagi qarashlar shakllangani ham achchiq haqiqat.
So`nggi ikki yildaer sotish, talon-toroj qilish bilan bog`liq holatlar yuzasidan 473 ta jinoyat ishi qo`zg`atilib, 543 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortildi.
Bu jinoyatlarning 354 tasini firibgarlik, 71 tasini poraxo`rlik, 37 tasini soxtakorlik kabi qilmishlar tashkil etadi. Mazkur jinoyatlar oqibatida “uddaburonlar” qariyb 11 mlrd. so`m va 657 ming dollar miqdoridagi mablag`ni qo`lga kiritganlar.
So`nggi ikki yilda 300 nafardan ortiqmansabdor shaxs er qonunchiligini buzish bilan bog`liq jinoyatlarni sodir qilgani uchun jinoiy javobgarlikka tortildi. Ularning 150 nafari yoki 50 foizini er kadastri xodimlari tashkil etdi. Bu davrda korrupsiyaviy ko`rinishdagi jinoyatlar sodir etgan “O`zdavergeodezkadastr” Davlat qo`mitasi tizimi xodimlariga nisbatan jami 132 (2018 yilda 51, 2019 yilda 50, 2020 yil 10 oyida 31) ta jinoyat ishi qo`zg`atilib, ularning 118 tasi bo`yicha 150 nafar shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Qo`mita tizimidagi korxona, muassasa va tashkilot xodimlarining o`zlashtirish va firibgarlikda ifodalangan jinoiy xatti-harakatlari oqibatida qonun bilan qo`riq-lanadigan davlat va fuqarolar manfaatlariga 3,9 mlrd. so`m miqdorida moddiy zarar etkazilgani aniqlanib, tergov harakatlarining natijasiga ko`ra, ularning 1,2 mlrd. so`mi yoki 30 foizini undirilishi ta`minlangan.
Shuningdek, soha mansabdor shaxslari va xodimlari tomonidan olingan, berilgan hamda pora olish-berishda ishtirokchilik qilingan poraning miqdori 233 mln. so`mni va 108,6 ming AQSh dollarini tashkil qilgan.
Javobgar qilingan shaxslarning 11 nafari viloyat er resurslari va davlat kadastri boshqarmasi, 78 nafari er resurslari va davlat kadastri tuman bo`limlarida hamda 61 nafari er tuzish va ko`chmas mulk kadastri tuman va shahar bo`limlarida ishlab kelishgan.
MASALAN:
Xatirchi tuman er resurslari va davlat kadastri bo`limi boshlig`i Xo`jaqulov tumandagi “Nigoraxonim” xususiy korxonasiga qarashli bo`lgan 40 sotix er maydonida “pena blok” ishlab chiqarish sexini qurishga asos bo`luvchi hujjatlarni rasmiylashtirish hamda tuman hokimining qarorini chiqartirib berish evaziga fuqarodan 1,5 ming dollarni pora tariqasida olgan vaqtida jinoyat ustida ushlangan.
Yoki, Muborak tumani er resurslari va davlat kadastr bo`limi mutaxassisi turmush o`rtog`iga tuman hokimining 2018 yil 26 martdagi X-405/03-sonli
qaroriga asosan issiqxona qurish uchun ajratilgan 1 gektar er maydonini mansabdor shaxslar orqali uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga fuqarodan 15 ming dollar talab qilib, shundan 14 ming dollarni firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ushlangan.
Shuningdek, Samarqand tumani er resurslari va davlat kadastri bo`limi mutaxassisi fuqarolarga tuman hokimiyatida ishlovchi mansabdor tanishlari orqali 14 gektar er ajratib, rasmiylashtirib berishi evaziga jami 9 ming dollar berishni talab qilib, oldindan 500 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olingan.
Sodir etilgan jinoyatlar tahlil qilinganida, 2018-2019 yillar hamda joriy yilning 10 oyida Qo`mita tizimidagi xodimlarning 80 nafari tomonidan firibgarlik, 4 nafari tomonidan o`zlashtirish, 3 nafari tomonidan pora olish, 1 nafari tomonidan pora berish, 16 nafari tomonidan pora berishga dalolat qilish, 31 nafari tomonidan hujjatlarni qalbakillashtirish, 3 nafari tomonidan mansab vakolatini suiiste`mol qilish, 3 nafari tomonidan mansabga sovuqqonlik bilan qarash va hokimiyat harakatsizligi hamda 9 nafari tomonidan boshqa turdagi korrupsion jinoyatlarni tashkil etgan.
“ANDIJON ShAHAR “ERMULKKADASTR” RAHBARI 10 MING DOLLAR PORA OLGANI UChUN OZODLIKDAN MAHRUM QILINDI”
— Sobiq Kadastr qo`mitasi tizimidagi ko`p xodimlar er sotishga shu darajada kirishib ketganki, hatto ular bu idorani er oldi-sotdisi bo`yicha “bozor”ga aylantirib olishgan.
XUSUSAN:
Toshkent shahri, Xorazm va Navoiy viloyatlarida 4 nafardan, Qoraqalpog`iston Respublikasida 5 nafar, Jizzax, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida 6 nafardan, Sirdaryoda 7,Namanganda 8,Buxoroda 9, Surxondaryo va Andijonda 10 nafardan, Samarqandda 12 va Farg`onada 28 nafar qo`mita xodimlari er bilan bog`liq qilmishlari uchun jinoiy javobgarlikka tortildi.
MASALAN:
Buloqboshi tuman er resurslari va kadastr bo`limi boshlig`ifuqaroga 4 sotix erni uy-joy qurish uchun ajratib berish evaziga 4 ming dollar olganda jinoyat ustida ushlandi.
Muborak tuman bo`limi mutaxassisifuqaroga issiqxona qurish uchun er ajratishni va`da qilib, 14 ming dollar pora olgani uchun sud hukmi bilan 7 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Er tuzuvchilardanEllikqal`a tuman mutaxassisi 400 dollar, Farg`ona tuman mutaxassisi 700, Xatirchi tumani bo`limi boshlig`i 1.500, Denov tumani mutaxassisi 1.500, Samarqand tumani bo`limi boshlig`i 2.000 dollarni pora tariqasida olgani uchun jinoiy javobgarlikka tortildi.
Qo`mitaning er ajratishga biron-bir aloqasi bo`lmagan, faoliyati faqat kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishdan iborat “Ermulkkadastr” korxonasi xodimlari ham bunday suiiste`molchiliklarga berilib ketgan.
MASALAN:
Andijon shahar “Ermulkkadastr” rahbarifuqaroga 4 sotix er ajratishni va`da qilib, 10 ming dollar pora olgani uchun sud
hukmi bilan 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.Oltiariq tuman “Ermulkkadastr” mutaxassisifuqaroga “Muxiddin obod” fermer xo`jaligiga tegishli ekin maydonidan 5 gektarini bog` tashkil etish uchun ajratib berish evaziga 22 ming dollar va 28 mln. so`m olgan vaqtida
jinoyat ustida ushlandi.“Ermulkkadastr” korxonasining Yangiobod tuman mutaxassisi 4 mln. so`m, Nishon tuman mutaxassisi 14 mln. so`m, Oltinko`l tuman boshlig`i 1.000 dollar, To`rtko`l tuman xodimi 1.300 dollar,Guliston tumani boshlig`i 3.000, Chiroqchi tuman korxonasining ikki nafar mutaxassisi 5.000 dollar olganida qo`lga olindi. Ularning jinoiy javobgarlik masalasi hal etildi.
Bu kabi misollarni yana davom ettirish mumkin. Tizimda er noqonuniy boylik orttirish manbaiga aylanib, tamagirlik va suiiste`molchilik bu qadar avjiga chiqqanini hududiy kadastr idoralari rahbarlari bilmaydimi yoki ular ham bundan manfaatdormi?!
RESPUBLIKA BO`YIChA 30.348 TA ER UChASTKALARIDAN ATIGI 19.442 TASI AUKSIONGA ChIQARILGAN, XOLOS
— Yana bir muhim masala, er maydonlarini ajratilishi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20 dekabrdagi 1023-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun er uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali berish tartibi to`g`risida”gi Nizom talablari asosida amalga oshirilishi belgilangan bo`lsa-da, bu boradagi ishlar ham o`z xoliga tashlab qo`yilgan.
XUSUSAN:
15 noyabr holatiga ko`ra, respublika bo`yicha 30.348 ta yoki 1.988 gektar er maydonlari tegishli idoralar bilan kelishish uchun “YERELEKTRON” axborot tizimiga kiritilgan bo`lsa-da, atigi 19.442 ta er uchastkalari yoki 64 foizi auksionga chiqarilgan, xolos.
Bu ko`rsatkichlar Toshkent shahrida 26, Namanganda 486, Buxoroda 965, Navoiyda 654, Sirdaryoda 968, Toshkentda 1.226, Andijonda 1.727 ta, Jizzaxda 2.058, Samarqandda 2.403, Farg`onada 2.229 ta, Surxondaryoda 1.665, Qashqadaryoda 1.687, Xorazmda 1.811 va Qoraqalpog`istonda 1.537 tani tashkil etadi.
Qolgan 10.906 ta er uchastkalari auksionga chiqarilmasdan qolgan. Bunga esa er uchastkalari bo`yicha xulosalar tegishli idoralar tomonidan belgilangan muddatda berilmasligi, asossiz rad etilishi, umuman xulosa taqdim etilmasligi va boshqalar sabab bo`lmoqda.
Ayniqsa, Toshkentda Prezident va Vazirlar Mahkamasining erlarni auksion orqali realizasiya qilinishi to`g`risidagi talablari bajarilmay, hozirda birorta xam er uchastkalari auksionga chiqarilmayapti.
Shuningdek, Kadastr agentligining quyi tizimlari tomonidan xatlovda aniqlangan er uchastkalari tanlov yo`li bilan, faqat ayrimlarigina “YERELEKTRON” tizimiga vakolatli tashkilotlar bilan kelishish uchun kiritilmoqda.
Birgina, Toshkent viloyatida shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun ajratish mumkin bo`lgan 148,4 gektarbo`sh er maydoni auksion savdolariga chiqarilmaganianiqlandi.
Shuningdek, o`tgan 9 oy mobaynida viloyat bo`yicha bo`sh er uchastkalari Davlat kadastri, geodeziya va kartografiya milliy markaziga taqdim etilgan umumiy maydoni 370 gektar bo`lgan 4 304 ta bo`sh er uchastkalaridan atigi 2 642 tasi (61 foizi) kelishilib, 1 662 tasi (39 foizi) radetilgan. Buning oqibatida tadbirkorlar talabidagi bo`sh er uchastkalari auksionda realizasiya qilinishi chegaralanmoqda.
Bundan tashqari, viloyat bo`yicha 2 642 ta er uchastkalaridan 1 073 tasi, e`tibor bering 41 foizi vakolatli tashkilotlar tomonidan belgilangan muddatda kelishmasdan, Nizom talablari buzilgan.
MASALAN:
Auksion savdosida realizasiya qilish maqsadida Chirchiq shahar qurilish bo`limiga kelishish uchun tizim orqali 2020 yil 5 iyulda kiritilgan 0,08 gektar bo`sh er uchastkasi bo`yicha xulosa 58 kundan so`ng taqdim etilgan.
Shuningdek, Nizomning 17-bandida kelishuvga belgilangan muddatda javob taqdim etilmagan hollarda, er uchastkasini tanlash materiallari avtomatik ravishda kelishilgan hisoblanishi qayd etilgan.
Tizimdagi kamchiliklar oqibatida viloyatda 129 ta (20 ga) bo`sh er uchastkalari ayrim tashkilotlar tomonidan o`rganilmagan holda sotuvga chiqarilgan.
Bu kabi kamchiliklarga YXHBda 73 ta, hududiy gaz ta`minoti korxonalarida 58, madaniy meros departamentida 54, elektr ta`minoti korxonalarida 43, suv oqava filiallari va yong`in xavfsizligi bo`limlarida 40 va aloqa bo`limlarida 11 ta holatda yo`l qo`yilgan.
MASALAN:
Tizim orqali 2020 yil 5 sentyabrda yuborilgan Oqqo`rg`on tumanidagi 0,01 gektar er uchastkasi bo`yicha hududiy gaz, suv oqava va yong`in xavfsizligi idoralari tomonidan xulosa berilmagan bo`lsa-da, ushbu er uchastkasi 2020 yil 20 oktyabrda fuqarogaauksion orqali 4,6 mln. so`mga sotilgan.
Shu bilan birga, vakolatli tashkilotlar tomonidan 1 205 ta (96 ga) erlar bo`yicha salbiy xulosa berilgan. Shundan 98 tasi (7,84 ga) asossizekani aniqlandi.
MASALAN:
Bekobod shahar, Andijon MFYdagi 0,018 gektar er uchastkasi 2020 yil 30 iyunda shahar qurilish bo`limi tomonidan yo`lning muhofaza hududida joylashganligi vaji bilan salbiy xulosaga asosan rad etilgan.
O`rganishda, ushbu er uchastkasi shaharsozlik norma va qoidalari talablari asosida to`liq o`rganilmasdan, “ko`r-ko`rona” salbiy xulosa berilgani aniqlandi.
Er uchastkalarini auksion orqali realizasiya qilinishiga mas`ul bo`lgan Kadastr agentligining bu borada mas`uliyatini oshirish so`raladi.
"BIRORTA RAHBAR SUDLARGA KIRITILGAN DA`VO ARIZALARINING KEYINGI TAQDIRI BILAN QIZIQDIMI?"
— Yana bir muhim masala, bu er maydonlarini o`zboshimchalik bilan egallab olishlari natijasida noqonuniy qurilmalarni vujudga kelishidir. Rahbarlardan bu masalada izoh so`rasak, “noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish bo`yicha sudlarga da`vo
arizasi kiritdik” deb javob beradilar.
Faqat2019 yilda sudlarda noqonuniy qurilmani buzdirish bilan bog`liq ko`rilgan 3.702 ta ishning 1.163 tasi yoki 31 foizi bo`yicha da`volar rad qilingan yoki ko`rmasdan qoldirilgan.
Bunday da`vo arizalarining keyingi taqdiri nima bo`ldi, masala o`z echimini topdimi, noqonuniy egallangan maydonlar qaytarildimi, ushbu holat bilan kadastr va boshqa idoralar rahbarlari qiziqib ko`rdimi? Afsuski, birorta rahbar bu savollarga javob izlab ko`rgani yo`q, agar qiziqqanda, ahvol bu darajaga tushib qolmasdi.
Amaldagi tartibga ko`ra, noqonuniy qurilmani ixtiyoriy buzish uchun 15 kun, ixtiyoriy buzilmasa, sudga da`vo arizasi kiritishdan to qaror chiqib kuchga kirgunga qadar 65 kun, jami 80 kun vaqt talab etiladi. Aniqlangan noqonuniy qurilma yuqoridagi muddatda qurilib, bitkazib ham bo`linadi.
Shu bois, mutasaddilardan aniqlangan har bir noqonuniy holat echimi topilgunga qadar kunlik so`rovni amalga oshirishlari talab etiladi.
Xabaringiz bor, Davlatimiz rahbari topshirig`i asosida Toshkent viloyatida er maydonlari xatlovdan o`tkazilgan. Xatlov natijalariviloyatdagi ahvol, o`ylaganimizdan ham ayanchli ekanini ko`rsatdi. Viloyatda qariyb 23 ming gektar maydondagi 142 mingdan ortiq bino va inshootlarning biron-bir hujjati mavjud emas, 1.450 gektar er o`zboshimchalik bilan egallab olingan, 855 gektar erda ob`ektlar
noqonuniy qurilgan.
417 gektar maydondan samarasiz va maqsadsiz foydalanib kelingan bo`lsa, qariyb 100 gektar ekin maydoni muomaladan chiqarib yuborilgan. Mana Sizga poytaxt viloyatidagi vaziyat, bu qisqa muddatda aniqlangan holatlar.
Xatlov jarayonida ayrim mutasaddilarning qing`ir ishlari ham yuzaga qalqib chiqdi.
MASALAN:
Yangiyo`l tuman “Ermulkkadastr” xodimlari er ajratilgani haqida hokimning qalbaki qarorini tayyorlash, qurilmagan uyni go`yoki qurilgan deb qalbaki kadastr hujjatini tuzish orqali 12 nafar fuqaroga 7 gektar erni berib yuborgan.
ShUNINGDEK:
O`rtachirchiq “Ermulkkadastr”ning ikki nafar xodimi ikki nafar fuqaroga aslida yo`q uy-joyga qurilgan bino sifatida qalbaki texnik hujjatlarni tayyorlab berishgan. Bu holatlar bo`yicha aybdor shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Vaziyat shu darajadaki, Toshkent viloyatidagi ayrim mansabdorlar pul, boylik ilinjida er bilan bog`liq jinoyat, tamagirlikdan hech tap tortmay qo`yishgan.
Viloyat bo`ylab xatlov o`tkazilayotgan bir paytda, e`tibor bering, Ohangaron tuman “Ermulkkadastr” rahbari2019 yil 29 noyabrda fuqarodan uy hujjatlarini tayyorlab berish evaziga 200 dollar olayotganda ushlandi.
Ma`lumki, er xatlovini o`tkazish Kadastr qo`mitasining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Ma`lumotlarga ko`ra, qo`mitaning “O`zdaverloyiha” instituti tomonidan oxirgi ikki yilda 34 ta tumanda xatlov o`tkazilgan va bunga byudjetdan 20,5 mlrd. so`m sarflangan. Shuncha mablag` sarflanishiga qaramay, xatlovlar o`tayuzaki va sifatsiz o`tkazilgan.
BIRGINA MISOL:
Institut tomonidan 2018 yil boshida Muzrabot tumanida o`tkazilgan xatlovda 36 ta holatda 23 gektarer o`zboshimchalik bilan egallanib, noqonuniy qurilmalar qurib olingani aniqlangan. Bu xatlovga byudjetdan 424 mln. so`m sarflangan.
Ayni o`sha davrdaPrezident Administrasiyasi topshirig`iga asosan ushbu tumanda qo`mita xodimlari o`tkazgan xatlovda, ahamiyat bering, 831 ta holatda 209 gektaryoki institut aniqlaganiga nisbatan 10 baravar ko`p qonunbuzarliklar aniqlangan.
Eng achinarlisi, 2018 yilda o`tkazilgan xatlov natijasi bo`yicha aniqlangan qonun buzilishi holatlariga nisbatan shu kunga qadar bironta chora ko`rilmagan.
Sobiq Qo`mita hisobotlarida ham er qonunbuzarliklari bilan bog`liq haqiqiy holat aks ettirilmagan, bu esa ularni bartaraf etishga imkon bermayapti.
XUSUSAN
O`tgan ikki yilda jami 22 ming gektarga yaqin maydonda turli qonun buzilishi holatlari aniqlangan bo`lsa-da, qo`mita hisobotlarida bu ko`rsatkich 4 ming gektar,ya`ni, 5,5 barobarga kamaytirib ko`rsatilgan. Sodda qilib aytganda, noqonuniy foydalanilayotgan va o`zboshimchalik bilan egallangan 18 ming gektar er maydoni hisobotdan yashirilgan. Vaholanki, qo`mitaning ushbu hisobotlari Prezident Administrasiyasi va Hukumatga taqdim qilib kelingan.
Er maydonlari bilan bog`liq hisobotlar haqqoniy bo`lmasa, ma`lumotlar yashirilsa, sohada qonuniylik ahvoli haqida gap bo`lishi mumkinmi?!
Zero, muhtaram Prezidentimiz ta`biri bilan aytganda, har qarich er-davlatning, demakki, xalqimizning bebaho boyligi, undan noqonuniy, o`zboshimchalik bilan foydalanishga hech kimning haqqi yo`q.
Sadoqat ALLABERGANOVA tayyorladi