1-3 dekabrda O`zbekiston hududlariga Kaspiy dengizi hududidan iliq va biroz nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda Uzgidromet xabar bermoqda.
Ko`pchilik viloyatlarda havo bulutli bo`lishi, ayrim hududlarda (Qoraqalpog`iston, Xorazm, Surxondaryo viloyatlaridan tashqari) biroz yomg`ir yog`ishi ehtimoli bor.
4 dekabrda Qozog`iston hududlari ustida antisiklon kuchaya boshlaydi va shimoli-g`arbiy oqimlar bilan sovuq havo O`zbekiston hududlariga kirib keladi. Havo harorati kunduz kunlari 0-5 daraja iliqqacha pasayadi.