2020 yilning 27 noyabr kuni soat 22:00 da Narpay tumani “Ko`k-ota” MFY, O`lmas qishlog`ida yashovchi fuqaro 33 yoshli Jaxonbek D., tanishlari 7 nafar tanishlari bilan birgalikda “Ravot olchin” MFYda joylashgan umumiy ovqatlanish joyida o`tirib, spirtli ichimlik iste`mol qilib, tanishi 34 yoshli Gulmira T., bilan o`rtalarida kelib chiqqan kelishmovchilik oqibatida uni shu atrofdagi bog`ning ichiga olib borib, tanasining turli qismlariga qo`li va oyoqlari bilan urib, tepib tan jarohati etkazgan, deya xabar bermoqda O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.
Ma`lum bo`lishicha, shundan so`ng Jaxonbek D., tanishi Gulmira T.,ga tibbiy yordam ko`rsatish va uning hayotini saqlab qolish maqsadida “tez yordam” xizmatiga murojaat qilgan. Biroq, Gulmira T., olgan tan jarohatlari oqibatida hodisa joyida vafot etgan.
Hodisa joyini ko`zdan kechirish davomida marhuma Gulmira T.,ning egnidagi kiyimlari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Narpay tuman IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan fuqaro Jaxongir D.,ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (qasddan badanga og`ir shikast etkazish maqsadida odam o`ldirish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Jinoyat ishi bo`yicha Jaxongir D., gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, prosessual tartibda ushlangan.
Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.