my5
Sevimli

To`rtko`l tumanida 79 yoshli ayol o`z uyida o`ldirib ketildi, uning 22 yoshli nabirasi esa..

Jinoyat 01.12.2020, 17:27
To`rtko`l tumanida 79 yoshli ayol o`z uyida o`ldirib ketildi, uning 22 yoshli nabirasi esa..

Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog`istonning To`rtko`l tumanida ayol kishi va uning yosh nabirasi o`ldirib ketilgani haqida tarqaldi. «Xabar.uz»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ushbu hodisani tasdiqlagan. 

Ma`lum qilinishicha,  shu yilning 29 noyabr kuni ertalab to`rtko`llik  79 yoshli S. D.ning (ayol) murdasi  qotillik alomatlari bilan o`z xonadoni mehmonxonasidan topilgan.  Shuningdek, voqea joyida ayolning 22 yashar nabirasi (qiz bola, talaba) tan jarohatlari (o`tkir tig`li jism bilan tanasiga bir necha marta  urilgan) bilan yotgani ham aniqlangan.

Hozirda nabira kasalxonada. Unga etkazilgan jarohatlar darajasini aniqlash uchun sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Holat bo`yicha  qasddan odam o`ldirish alomatlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Ayni paytda  tezkor-tergov guruhi  tuzilib, jinoyatni fosh etish choralari ko`rilmoqda, deyiladi xabarda.      

Шарҳлар