my5
Sevimli

Sobiq Prezident COVID-19dan vafot etdi

Dunyo 03.12.2020, 09:52
Sobiq Prezident COVID-19dan vafot etdi

Fransiyaning sobiq prezidenti Jiskar d'Esten 94 yoshida vafot etdi. Le Figaro gazetasi bu haqda uning atrofidagilarga tayanib xabar berdi, bu ma`lumot Europe 1 radiosi tomonidan tasdiqlangan, deya yozdi rbc.ru .

Foto:Carsten Rehder / DPA / TASS

Siyosatchining oilasi uning COVID-19 oqibatida vafot etganini aytgan.

Sentyabr oyi o`rtalarida d'Esten o`pka infeksiyasi sababli kasalxonaga yotqizilgan. Ikki oy o`tgach, 15 noyabr kuni sobiq prezident yana kasalxonaga yotqiziladi.

d'Esten barcha Fransiya prezidentlaridan uzoq yashagan. 1962-1974 yillarda respublikaning iqtisodiyot va moliya vaziri bo`lgan. 1974 yilda u prezident saylovlarida g`alaba qozondi va 48 yoshida Evropa davlatlarining eng yosh rahbarlaridan biriga aylandi.

Jiskar d'Esten 1981 yilgacha prezident bo`lib ishlagan. Uning davrida Fransiyada katta tezlikdagi hukumat loyihalari, jumladan tezyurar temir yo`llar va yangi atom elektr stansiyalari qurilishi boshlandi. Shuningdek, Fransiyada uning davrida kinoda siyosiy senzura bekor qilindi va ovoz berish yoshi 21 yoshdan 18 yoshgacha tushirildi. Uning prezidentligi davrida mamlakat abortni qonuniylashtirdi va ajralish tartibini soddalashtirdi.

 

Шарҳлар