my5
Sevimli

Qashqadaryoda nosoz yo`l sabab yuz bergan avtohalokat tufayli 2 kishi hayotdan ko`z yumdi

Jamiyat 04.12.2020, 17:03
Qashqadaryoda nosoz yo`l sabab yuz bergan avtohalokat tufayli 2 kishi hayotdan ko`z yumdi

Joriy yilning 1 dekabr kuni 4R 92 “Qarshi-Kasbi-Jeynov-Pomuq” avtomobil yo`lining Qarshi tumani “Lagandi” mahallasi hududidan o`tuvchi 14 kilometrida ayanchli yo`l transport hodisasi sodir bo`ldi. “Matiz” avtomashinasi nosoz yo`lni aylanib o`tish chog`ida qarama qarshi yo`nalishga chiqib ketib, “Kobalt” avtomashinasi bilan to`qnashuv sodir etadi.

- Dastlabki o`rganishlarga ko`ra mazkur yo`l transport hodisasiga yo`lning nosozligi sabab bo`lganligi aniqlandi, -deydi deydi viloyat YHXB axborot xizmati rahbari Javlon Baxtiev. – Natijada “Matiz” avtomashinasi haydovchisi A.M. va uning yo`lovchisi bo`lgan X.M. voqea joyida vafot etishgan. Shuningdek, har ikkala mashinada bo`lgan boshqa ikki nafar yo`lovchi og`ir tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Avtohalokatlar sababi o`rganilarkan, har bir jihat sinchkovlik bilan ko`zdan kechirildi. Asosiy e`tibor yo`lning sifatiga qaratildi. Ushbu halokatda ikki nafar inson umriga zomin bo`ldi. Afsuski, endilikda mas`uliyatsizlik bilan yondoshilgan vazifaning bu kabi izohi vaqtni ortga qaytara olmaydi. Yo`l-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan navbatdagi profilaktik tadbirlarda haydovchilarga notekis yo`llarda qarama qarshi yo`nalishga chiqmaslik, tezlikni me`yoridan oshirmaslik targ`ib qilindi. Oqibatlari misollar bilan tushuntirildi.  

Shavkat AMINOV, Qashqadaryodan maxsus tayyorlandi

Шарҳлар