AsosiyJamiyat

Bosh prokuratura qizining o`limi uchun "Spark" so`rab, o`zini yoqqan ayol bo`yicha qo`shimcha ma`lumot berdi

'Bosh prokuratura qizining o`limi uchun "Spark" so`rab, o`zini yoqqan ayol bo`yicha qo`shimcha ma`lumot berdi'ning rasmi

Avvalroq, 2020 yil 30 noyabr kuni Andijon viloyat prokuraturasi binosi oldida ayol kishi o`zini yoqib yuborganligi haqida xabar bergan edik.

 Holat yuz bergandan so'ng jamoatchilik orasida keng muhokamalar boshlanib, o`z joniga qasd qilgan qizning yoshi hamda o`ziga o`t qo`ygan ayolning kuyish darajasi bo`yicha turli talqinlar kuzatildi.

Mazkur holatga yanada aniqlik kiritish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bayonot berdi

Ma'lum bo'lishicha, 2020 yil 24 iyul kuni 1999 yilda tug`ilgan, Andijon mashinasozlik institutining 2-kurs talabasi N.Murodjon o`z mobil telefoniga 2004 yilda tug`ilgan, umumta`lim maktabining 10-sinf o`quvchisi voyaga etmagan T.Madinabonuni suratga olgan.

Ushbu fotosuratlar boshqalarga oshkor bo`lishidan qo`rqib fuqaro T.Madinabonu o`z joniga qasd qilgan.

2020 yil 30 noyabr kuni soat taxminan 12:20 larda tergov harakatlari davomida gumonlanuvchidan “Spark” atomashinasini undirib berishni talab qilib Andijon viloyat prokuraturasiga kelgan, marhumaning onasi 1983 yilda tug`ilgan B.Sohiba, prokuratura binosi oldida o`ziga o`t qo`ygan.

Ko`rsatilgan tezkor yordam natijasida u shifoxonaga yotqizilgan.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filiali kombustiologiya bo`limida fuqaro B. Sohibaga nisbatan yuritilgan 19344/436-sonli tibbiy bayonnoma va bo`lim shifokorining 30.11.2020 yildagi dastlabki ma`lumotnomasiga asosan B. Sohiba o`zini yoqib yuborishi natijasida “Alangadan I-II-IIIA darajada yuzi, bo`yni, ko`krak qafasi, ikkala qo`llarining 15 foizi” kuygan.

Qayd etish kerakki, fuqaro B. Sohibaning o`zini yoqib tan jaroxati olganligi holati bo`yicha 30.11.2020 yil kuni sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan.  

Biroq, bemor shu kuning o`zidan sud tibbiy ekspertizasidan o`tishdan bosh tortib, o`zining yashash xonadoniga ketib yuborgan. B.Sohibani takroran sud tibbiy ekspertizasidan o`tkazish uchun yashash xonadoniga sud tibbiy ekspertizasi eksperti M.Dexqonov, profilaktika inspektorlari I.Qaxxarov, D.Ismoilov va ikki nafar xolislar bilan birgalikda borilganida u ekspertizadan o`tishdan takroran bosh tortgan, deya xabar bermoqda prokuratura Matbuot xizmati.

    Boshqa yangiliklar