Rossiyalik reper Morgenshtern o`ziga tegishli «Mercedes» avtomobilini O`zbekistonga olib kelib, buxorolik yigitga sovg`a qilish uchun qancha pul sarflaganini aytdi. Bu haqda o`zining YouTube-kanaliga joylashtirgan videosida ma`lum qildi.
Avvalroq Morgenshtern «Mercedes-Benz E 200»ni O`zbekistonga olib kirish uchun jami 340 mln so`m bojxona to`lovlarini to`lagani ma`lum qilingandi.
Morgenshternning so`zlariga ko`ra, u bojxona to`lovlaridan tashqari avtomobilni samolyotda olib kelish uchun qariyb 56 mln so`m sarflagan.
Bundan tashqari, artist avtomobilning Rossiyada berilgan davlat raqamini O`zbekiston davlat raqamiga almashtirish uchun ham pul to`lagan.
Morgenshternning ta`kidlashicha, qator qoidalar bois avtomobilni O`zbekistonga olib kirish qiyin bo`lgan.
Eslatib o`tamiz, rossiyalik taniqli reper Alisher Valeev – Morgenshtern Instagram'da Give-away tanlovini e`lon qilgan, tanlovga qo`yilgan superyutuq – «Mercedes-Benz E 200» avtomobili buxorolik Azim Abdullaevga nasib qilgandi.
Mavzuga doir:
Morgenshtern va`dasida turib, Buxorolik yigitga «Mersedes»ni olib borib topshirdi