my5
Sevimli

“O`zbektelekom”da 6-yanvardan 20-yanvarga qadar qisqa uzilishlar kuzatiladi(mi?)

Hi-tech 06.01.2021, 22:09
“O`zbektelekom”da 6-yanvardan 20-yanvarga qadar qisqa uzilishlar kuzatiladi(mi?)

“O`zbektelekom”da 6-yanvardan 20-yanvarga qadar texnik ishlar olib boriladi. 

“O`zbektelekom” AK “TShTT” filiali ma`lumotlar uzatish tarmoq qurilmalarida modernizasiya ishlari olib borilishi munosabati bilan mavjud abonentlarni yangi kommutatorlarga bosqichma-bosqich ko`chirib o`tkazish ishlari olib borilayotgani haqida ogohlantirdi.

Unga ko`ra, joriy yilning 6-yanvaridan 20-yanvariga qadar 234/235-EATSda texnik ishlar olib borilishi rejalashtirilmoqda.

Shu sababli, “O`zbektelekom” AK “TShTT” filiali tarmog`iga ko`chirib o`tkazish ishlari belgilangan vaqt oralig`ida aloqa sifati pasayishi va qisqa uzilishlar kuzatilishi mumkinligini ma`lum qildi.

Шарҳлар