my5
Sevimli

Telegram yarim milliardlik "dovon"dan o`tdi

Hi-tech 13.01.2021, 13:50
Теглар: Telegram
Telegram yarim milliardlik "dovon"dan o`tdi

Oxirgi 72 soat ichida Telegram foydalanuvchilari soni 25 millionga ko`paygan va umumiy hisobda 500 million nafarga etgan. Bu haqda messenger asoschisi Pavel Durov o`zining telegram kanalida xabar berdi.

“Yarim milliard faol foydalanuvchiga ega va o`sishni jadallashtirgan Telegram shaxsiy hayot va xavfsizlikka sodiq aloqa platformasini izlayotganlar uchun eng katta boshpana bo`ldi. Biz bu mas`uliyatni juda jiddiy qabul qilamiz. Biz sizni xafa qilmaymiz”, deydi Pavel Durov.

Telegramga qo`shilgan yangi foydalanuvchilar orasida butun dunyo aholisi vakillari bor. Xususan, 38% Osiyo, 27% Evropa, 21% Lotin Amerikasi va boshqa hududlardan.

“Kunlik 1,5 million yangi foydalanuvchilar ro`yxatdan o`tgan. Bu esa avvalgi barcha rekordlarni ortda qoldirdi”, deydi Durov.

Шарҳлар

​CLICK to`lovlarini Telegram orqali amalga oshirish xizmati joriy etildi

01.06.2017, 11:15

CLICK kompaniyasi o`z foydalanuvchilariga Telegram ilovasida to`lovlarni amalga oshirish imkoni joriy qilinganini ma`lum qildi.Ushbu ilovaning ommabopligini inobatga olgan holda CLICK kompaniyasi o`z foydalanuvchilari uchun maxsus...
​Telegram’da mish-mish: “Hindistondan kelib qolgan hasharot qo`lni ilma-teshik qilyapti(Video)

16.05.2017, 17:04

Telegram’dagi ommabop guruhlarda go`yoki xorijiy bir mamlakatdan O`zbekistonga «sirli hasharot» kelib qolgani, uni ushlab olgan bolalarning qo`li ilma-teshik bo`lib qolayotgani haqida mish-mishlar hali tarqalmoqda. «Ehtiyot...
Telegram`ning yangi talqinida jo`natilgan xabarni olib tashlash imkoni paydo bo`ldi

05.01.2017, 11:34

Telegram messenjerining yangi talqinida jo`natilgan va suhbatdosh tomondan o`qilgan xabarni o`chirib tashlash imkoniyati paydo bo`ldi, deb xabar berdi “Russian.rt.com” nashri. Agar siz 3.16 talqinidan foydalansangiz,...
«Kelgin, yor, «telegram»lashmaylik!»

14.12.2016, 17:03

Zamonasiga ham hayron qolasan kishi. Kechagina «agent»im bor desangiz, sizga ko`zlarini katta-katta ochib qaraydigan odamlar bugun «telegram»da qo`nim topgan. Ishonmaysizmi, siz ham bir kirib ko`ring....