AsosiyJamiyat

20 kundan beri qidirilayotgan Katta Farg`ona kanaliga cho`kib ketgan o`smir yuzasidan prokuratura bayonot berdi

'20 kundan beri qidirilayotgan Katta Farg`ona kanaliga cho`kib ketgan o`smir yuzasidan prokuratura bayonot berdi'ning rasmi

Ma`lumki, 20 kundan buyon ijtimoiy tarmoqlarda Yozyovon tumanida o`zini Katta Farg`ona kanaliga tashlagan voyaga etmagan Abdulaziz Abdurasulovni qidirilayotganligi haqida xabarlar tarqalmoqda.

Ayni paytda holat yuzasidan Farg`ona viloyati prokuraturasi rasmiy bayonot berdi.

Ma`lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan Yozyovon tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Dastlabki ma`lumotga ko`ra, 2020 yil 22 dekabr kuni Yozyovon tumanida tug`ilgan, 2-sonli kasb-hunar maktabi talabasi Abdulaziz Abdurasulov voyaga etmagan tanishlarini oldida Katta Farg`ona kanalining Yozyovon tumani Taraqqiyot mahalla hududidan o`tgan qismiga o`zini tashlab, suvdan qaytib chiqmagan.

Voyaga etmagan Abdulaziz Abdurasulovni qidirib topish yuzasidan barcha zarur choralar ko`rilmoqda, deyiladi rasmiy xabarda. 

    Boshqa yangiliklar