AsosiyIqtisodiyot

2020 yil O`zbekistonda byudjet mablag`ini eng ko`p talon-toroj qilgan hokimlik ochiqlandi

'2020 yil O`zbekistonda byudjet mablag`ini eng ko`p talon-toroj qilgan hokimlik ochiqlandi'ning rasmi

Avvalroq, O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2020 yilda byudjet mablag`larini maqsadli sarflanishi yuzasidan amalga oshirilgan nazorat ishlari to`g`risida ma`lumot bergan edik.

O`tgan, 2020 yilda hokimiyatlar (3,5 mlrd.so`m), hokimliklarning obodonlashtirish boshqarmalari (7,8 mlrd.so`m), hokimiyatlar huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari (8,4 mlrd.so`m)da o`tkazilgan nazorat tadbirlarida ham moliyaviy qonunbuzilish holatlariga yo`l qo`yilganligi aniqlangan.

Mahalliy byudjetlar mablag`larini maqsadli sarflanishi yuzasidan o`tkazilgan nazorat tadbirlarida jami 175,3 mlrd.so`m miqdorida byudjet mablag`lari o`zlashtirilgan.

Birgina Qashqadaryo viloyatida 26,1 mlrd.so`m talon-taroj qilingan. Bundan tashqari, Andijon (19,8 mlrd.so`m), Surxondaryo (16,5 mlrd.so`m), Farg`ona (14,4 mlrd.so`m), Toshkent (13,2 mlrd.so`m), Jizzax (13 mlrd.so`m), Samarqand (13 mlrd.so`m), Sirdaryo (12,9 mlrd.so`m), Namangan (12 mlrd.so`m), Xorazm (6 mlrd.so`m), Buxoro (3,6 mlrd.so`m), Navoiy (2,4 mlrd.so`m) viloyatlarida hamda Toshkent shahrida (13,8 mlrd.so`m) va Qoraqalpog`iston Respublikasida (8,1 mlrd.so`m) qonunbuzilish holatlari va boshqa xato va kamchiliklar aniqlangan.

Boshqa yangiliklar