my5
Sevimli

Tanzila Narbaeva Eronning O`zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi bilan uchrashdi

Siyosat 15.01.2021, 18:38
Tanzila Narbaeva Eronning O`zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi bilan uchrashdi

Bugun, 15 yanvar kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi T. Narbaeva Eron Islom Respublikasining O`zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi  Hamid Nayirobodiy bilan uchrashdi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati ma`lum qildi.


Unda ikki mamlakat o`rtasidagi parlamentlararo
hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Ta`kidlanganidek, O`zbekiston va Eron parlamentlarida do`stlik guruhlarining tashkil etilishi parlamentlararo munosabatlarning rivojlanishiga xizmat qiladi. Xususan, ularning faoliyati qonun ijodkorligi, parlamentarizm, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarida hamkorlikning istiqbolli yo`nalishlarini izlashga qaratilgan, shuningdek, tajriba almashish yuzasidan ham doimiy muloqotlar olib borish yo`lga qo`yilmoqda.

Eron Islom Respublikasining O`zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi  so`nggi yillarda ikki davlat o`rtasidagi munosabatlar kengayib, siyosiy sohadagi sermahsul muloqotlar faollashganini ijobiy baholadi. Bundan tashqari, Prezidentimiz rahnamoligida jadal sur`atlarda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, shu jumladan, O`zbekistondagi majburiy mehnat muammosini bartaraf etish bo`yicha ko`rilayotgan samarali ishlar va erishilgan natijalar hamda bolalar mehnatiga barham berilganini alohida e`tirof etdi.

Tomonlar ikki mamlakat parlamentlari a`zolari o`rtasida barcha darajalardagi aloqalarni tizimli davom ettirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirib, parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish, umuman, O`zbekiston – Eron aloqalarini kengaytirish va chuqurlashtirishda parlamentlararo munosabatlar o`z hissasini qo`shishini qayd etdi.
       Uchrashuvda hamkorlikni yanada rivojlantirish yo`nalishlari muhokama qilindi. Xususan,  siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoya va turizm, madaniy-gumanitar sohalarda ikki davlat aloqalarni yangi bosqichga ko`tarish imkoniyatlari haqida barcha darajalardagi siyosiy muloqotni faollashtirish, iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirish ham shular jumlasidandir.

Шарҳлар