my5
Sevimli

O`zbekistonda insultni dastlabki 4 soatda aniqlovchi loyiha ishga tushadi

Salomatlik 15.01.2021, 22:26
Теглар: Insult
O`zbekistonda  insultni dastlabki 4 soatda aniqlovchi loyiha ishga tushadi

2021 yil 13 yanvarda Innovasion sog`liqni saqlash milliy palatasi Qozog`istonning  «Cerebra.ai Ltd.» kompaniyasi bilan sog`liqni saqlashni raqamlashtirish borasida xalqaro hamkorlik rivojiga hissa qo`shadigan Memorandum imzoladi. Hamkorlikdan ko`zlangan maqsad O`zbekistonda Insultni dastlabki 4 soatda sun`iy intellekt yordamida aniqlash usulini joriy etish deya xabar bermoqda Innovasion sog`liqni saqlash milliy palatasi matbuot xizmati.

«Bemorga o`z vaqtida davo belgilash mazkur loyihani joriy etishning natijasi sanaladi. Bu o`z o`rnida inson salomatligi uchun muhim bo`lgan eng oddiy funksiyalarni, mehnat qilish qobiliyatini yo`qotish xavfini pasaytiradi, hamda insultni boshidan kechirgan insonni tezda to`laqonli hayotga qaytarish imkonini beradi», — deb ta`kidladi Innovasion sog`liqni saqlash milliy palatasi raisi Rovshan Izamov.

Xabarda aytilishicha, tomonlar o`rtasida ishemik va gemorragik insultlarni avtomatlashtirilgan holda tashhislash bo`yicha «Serebra» tizimini joriy etish ko`zda tutilgan.  

«Serebra» platformasiga joriy etilgan sun`iy intellekt davolash muassasalarida o`rnatilgan kompyuter tomografiyasi bilan integrasiyalashganidan keyin insultni dastlabki 4 soatda aniqlash imkonini beradi.

Memorandumni imzolash paytida tomonlar yaqin ikki hafta ichida Milliy palata mutaxassislari tomonidan Olma-ota shahrining 7-sonli shahar shifoxonasida noyob «Serebra» tizimining ishlashini tahlil qilinishiga kelishib oldilar.

Шарҳлар