rost24.uz Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo`mitasi a`zosi, O`zbekiston Xalq demokratik partiyasidan Jizzax viloyati 37-Sharof Rashidov saylov okrugidan deputatlikka saylangan deputat Ural O`razboevning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini tahlil qilgan.
Kuzatuvlarga ko`ra, deputat Ural O`razboev feysbuk va telegram ijtimoiy tarmoqlarida o`z sahifalariga ega. Feysbukda 590 nafar o`quvchisi bor. Feysbukdagi sahifasiga asosan yaqinlarining tug`ilgan kuni va odatiy tadbirlar haqida postlarni joylab boradi.Telegramdagi rasmiy sahifasida esa ayni paytga kelib 199 nafar a`zosi bor.
"Nazarimizda deputatni ijtimoiy tarmoqlarda faol deb bo`lmaydi. Mavjud sodir bo`lgan biror bir voqeilikka yoki jamiyatimizda ro`y berayotgan o`zgarishlarga nisbatan o`z fikr va qarashlarini, mulohazali munosabatlarini deyarli uchratmaysiz.
Bugungi kunda saylovchilar bilan muloqot qilishda eng ommaviylashgan telegramdagi sahifasini kuzatsangiz ham asosan rasmiy tadbirlarning ko`chirmasi hamda ayrim shaxsiy suratlar joylangan. Shuningdek, deputatning kanalida jinsiy quvvatni oshiruvchi, tarkibida erkaklar tanasi uchun foydali bo`lgan jinsiy faoliyatga, davolovchi ta`sir ko`rsatadi, deya JENShENni ko`p bora targ`ib qilib kelayotganini ko`rish mumkin xalos", deyladi axborot sayti tahlilida.