AsosiyJamiyat

Hafta oxirida bahoriy iliq havo o`rnini qishki sovuq egallaydi

'Hafta oxirida bahoriy iliq havo o`rnini qishki sovuq egallaydi'ning rasmi

Sinoptiklarning ma`lum qilishlaricha,  bugun yog`ingarchiliksiz ob-havo bo`ladi, faqat rsepublikaning ayrim tog` oldi va tog`li hududlarida yomg`ir yog`ish ehtimoli bor. Havo harorati  8-10 darajaga yuqori va 13-18 daraja iliq atrofida bo`ladi.

19 yanvarda respublika hududlarining ko`p qismida yog`ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat Qoraqalpog`istonda, Xorazm, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining ba`zi joylarida biroz yomg`ir yog`ishi mumkin.

20 yanvarda Qoraqalpog`istonda, Xorazm viloyatida qor yomg`irga aylanadi, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kechasi va ertalab ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Respublikaning qolgan hududlarida yog`ingarchilik kutilmaydi.

21 yanvarda respublika hududlarining ko`p qismida yog`ingarchilik kutilmaydi, Qoraqalpog`istonda, Xorazm viloyatida qor yog`adi, Buxoro, Navoiy viloyatlarida kechga tomon ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin.

19-21 yanvarda harorat o`zining ko`p yillik qiymatlaridan 8-10 darajaga yuqori bo`ladi va kechalari 0-5 daraja iliqni, kunduz kunlari 11-16 daraja iliqni tashkil etadi.

22 yanvarda ob-havo keskin o`zgara boshlaydi, buning sababi sovuq antisiklondir, u mamlakatimiz hududlariga qor va manfiy qiymatli haroratlarni olib keladi. Nam havo massalari Volga bo`yi hududlaridan kirib keladi. Respublika bo`yicha qor yog`adi, faqat mamlakatimizning shimoliy hududlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi va kunduzi 2 darajasovuq 3 darajailiqni tashkil etadi.

23 yanvarda antisiklon mamlakatimizning barcha hududlarini qamrab oladi, yog`ingarchilik bo`lishi ehtimoli kam, lekin juda sovuq bo`ladi. Havo harorati kechasi 5-10 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduzi 2 darajasovuq 3 darajailiqni tashkil etadi. O`rtacha kecha-kunduzlik havo harorati me`yordan 6-8 darajaga past bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar