AsosiyJamiyat

Andijonda voyaga etmagan qizning o`z otasi tomonidan zo`rlanib kelingani yuzasidan tekshiruv boshlandi

'Andijonda voyaga etmagan qizning o`z otasi tomonidan zo`rlanib kelingani yuzasidan tekshiruv boshlandi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Xo`jaobod tumanida yashovchi voyaga etmagan qiz otasi tomonidan zo`rlab kelinayotganligi haqida videoyozuv tarqalgan edi. Unda ota qizini 9-sinfdaligidan beri zo`rlab kelayotganligi aytilgan.

Bosh prokuratura jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo`limi boshlig`ining ma`lum qilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Xo`jaobod tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari o`tkazilmoqda.  

Shuningdek, videoyozuvdagi qiz yuqoridagi holat bo`yicha vakolatli idoralarga murojaat qilishiga qaramasdan hech qanaka chora ko`rilmayotganligi haqidagi vajlariga aniqlik kiritish maqsadida Xo`jaobod tumani prokuraturasi tomonidan tegishli idoralar xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvlari tayinlandi.

Tekshirish jarayoni Andijon viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

 

    Boshqa yangiliklar