my5
Sevimli

Prezident o`tgan yili kuchli shamoldan katta zarar ko`rgan Olotni ko`zdan kechirdi (foto)

Jamiyat 21.01.2021, 13:25
Теглар: Shavkat Mirziyoev, Buxoro, Olot
Prezident o`tgan yili kuchli shamoldan katta zarar ko`rgan Olotni ko`zdan kechirdi (foto)

Prezident Shavkat Mirziyoev 21 yanvar kuni Buxoro viloyatiga kelib, vertolyotda Olot tumaniga yo`l oldi.

Bu – hududlar iqtisodiyotini rivojlantirishga qaratilgan joriy yilgi birinchi tashrif. Va u mazkur chekka tumandan boshlanayotgani bejiz emas.

2020 yil 27 aprel kuni Buxoro viloyatiga janubdan kuchli shamol kirib kelgan edi. Uy-joylar, infratuzilma va ekinlarga katta zarar etkazgandi.

Davlatimiz rahbari zudlik bilan u erga etib borib, tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf qilish, turar joylar va ijtimoiy ob`ektlarni ta`mirlash bo`yicha topshiriqlar bergan edi. Qisqa muddatda zarur ishlar bajarilib, hayot o`z maromiga qaytdi.

Bu galgi safar chog`ida Prezident vertolyotda ushbu ishlar qamrovini ko`zdan kechirdi.

Xususan, Olot, Qorako`l, Jondor, Romitan, Peshku va Shofirkon tumanlarida 45 mingta uy, 204 ta ko`p qavatli turar joy ta`mirlangan. Mingdan ortiq ijtimoiy soha va tadbirkorlik ob`ektlari, yo`llar, elektr, gaz va aloqa tarmoqlari tiklangan.

Ayni paytda davlat rahbari shu erlik aholi bilan muloqot qilmoqda.

Шарҳлар

Hokimiyat va oliygohlar ba`zi toifa xotin-qizlarning kontrakt to`lovini to`lab beradi

26.02.2021, 23:47

Bugun, 2021 yil 26 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoev ishtirokida o`tgan videoselektor yig`ilishida oliy ma`lumotli bo`lish istagida bo`lgan, qobiliyati, bilimi bor, lekin taqdir taqozosi bilan...
O`zbekiston va Turkiya rahbarlari telefon orqali muloqot qildilar

26.02.2021, 17:29

Bugun, 26 fevral kuni, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog`anning telefon orqali muloqoti bo`lib o`tdi. Bu haqda Prezident matbuot...
Prezident Toshkentdagi sobiq Pushkin xiyoboni oldida yo`l ochish bo`yicha topshiriq berdi (foto)

24.02.2021, 18:06

Prezident Shavkat Mirziyoev Toshkent shahrida yo`l-transport tizimini yaxshilash va yangi yo`llar qurishga oid loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi. Poytaxtimizda transport...
O`zbekiston inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlariga qat`iy sodiq qoladi — Shavkat Mirziyoev

22.02.2021, 17:39

Prezident Shavkat Mirziyoevning BMT Inson huquqlari bo`yicha kengashining 46-sessiyasida so`zga chiqqani haqida xabar bergan edik.  Davlat rahbarining BMTdagi nutqini keltirmoqda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati.  Hurmatli...