AsosiyJamiyat

O`zbekiston viloyatlaridan birida kuchli shamol oqimi sabab fuqarolardan uydan chiqmaslik so`ralmoqda

'O`zbekiston viloyatlaridan birida kuchli shamol oqimi sabab fuqarolardan uydan chiqmaslik so`ralmoqda'ning rasmi

Farg`ona viloyati IIB Farg`onada kuchli shamol oqimi kuzatilayotgani sabab fuqarolardan uydan chiqmaslikni so`radi.

Hurmatli fuqarolar, ayni damda viloyatimizda ob-havoning noqulayligi, kuchli shamol oqimi vujudga kelganligi sababli o`zingiz va yaqinlaringiz salomatligini asrash uchun tashqariga chiqmasdan uyingizda qolishingizni so`raymiz.

Keksa daraxtlar va nobop qurilmalar, bino va inshootlar yonida turmang. Avtomashinangizni va qimmatbaho buyumlaringizni ana shunday joylarda qoldirmang.

Aks holda, shamol tufayli buyumlaringizga va o`zingizga jiddiy zarar etishi mumkin.  

Ogoh bo`ling, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar