my5
Sevimli

Kollejlar tizimi to`lig`icha Mehnat vazirligiga o`tkaziladi – Prezident

Jamiyat 22.01.2021, 14:40
Теглар: Shavkat Mirziyoev, Kollej
Kollejlar tizimi to`lig`icha Mehnat vazirligiga o`tkaziladi – Prezident

Prezient Shavkat Mirziyoev Buxoroga tashrifi davomida yangi qaror loyihasini ikki hafta muddat ichida ishlab chiqish bo`yicha mutasaddilarga topshiriq berdi.

"Darakchi" muxbiri Sardorbek Rahmonqulovning xabar berishicha, yangi qaror bilan Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi balansida bo`lgan kollejlar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufiga  o`tkaziladi.

“Kollejlar monomarkaz bo`ladi. Kollej direktorlari Mehnat bo`limlariga rahbar bo`ladi”, - dedi davlat rahbari.

Bu bilan yillar davomida kollejlarda foydalanilmay yotgan asbob-uskunalar va dastgohlar ishga tushadi. Ushbu monomarkazlarda nafaqat yoshlar, balki, kasb-hunar o`rganish istagidagilar o`qish imkoniyatiga ega bo`lishadi. O`qish xarajatlari uchun Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga 14 mlrd. so`m mablag` ajratiladi.

“Chet elga ketayotganlar til o`rgansin, kasb o`rgansin. Shunda borgan joyida ko`proq pul topadi. Agar hozir Rossiyada ishlayotganlar o`rtacha 480 dollar ishlab topayotgan bo`lsa, kasb va til o`ganib, 500 dollar emas, ikki baravar ko`p uyiga pul yuborishi mumkin”, - dedi prezident.

Шарҳлар

Prezident: otasidan ayrilgan muhtoj qizlar manfaati uchun 5 milliard so`mdan mablag` ajratiladi

27.02.2021, 00:21

Xotin-qizlar muammolarini hal qilish va ularni ijtimoiy qo`llab-quvvatlash masalalari yuzasidan o`tkazilgan videoselektrda xotin-qizlarni uy bilan ta`minlash masalalari ham ko`rildi. Yig`ilish davomida vaqtincha noturar joylarda istiqomat qilayotgan...
Hokimiyat va oliygohlar ba`zi toifa xotin-qizlarning kontrakt to`lovini to`lab beradi

26.02.2021, 23:47

Bugun, 2021 yil 26 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoev ishtirokida o`tgan videoselektor yig`ilishida oliy ma`lumotli bo`lish istagida bo`lgan, qobiliyati, bilimi bor, lekin taqdir taqozosi bilan...
O`zbekiston va Turkiya rahbarlari telefon orqali muloqot qildilar

26.02.2021, 17:29

Bugun, 26 fevral kuni, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog`anning telefon orqali muloqoti bo`lib o`tdi. Bu haqda Prezident matbuot...
Prezident Toshkentdagi sobiq Pushkin xiyoboni oldida yo`l ochish bo`yicha topshiriq berdi (foto)

24.02.2021, 18:06

Prezident Shavkat Mirziyoev Toshkent shahrida yo`l-transport tizimini yaxshilash va yangi yo`llar qurishga oid loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi. Poytaxtimizda transport...