Microsoft asoschisi Bill Geyts koronavirusga qarshi emlandi. Bu haqda u o`zining Twitter`dagi sahifasi orqali xabar berdi.
“Yoshing 65 da ekanligining yaxshi tomonlaridan biri – senda koronavirusga qarshi vaksinani olish imkoniyati borligida. Bu hafta birinchi dozani oldim va o`zimni ajoyib his qilmoqdaman”, – deydi Geyts.
U qaysi dori vositasi bilan emlanganiga oydinlik kiritmagan. AQShda Pfizer/BioNTech hamda Moderna kompaniyasining vaksinalaridan foydalanishga ruxsat berilgan.
Avvalroq, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo`g`an ham koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangani haqida xabar berilgan edi