my5
Sevimli

Navoiyda 2-gurux nogironini bo`yniga arqon solib, azob bergan shaxs qo`lga olindi(foto va video)

Jinoyat 23.01.2021, 16:29
Navoiyda 2-gurux nogironini bo`yniga arqon solib, azob bergan shaxs qo`lga olindi(foto va video)

"Navoiy viloyati Navbaxor tumani “Yangi-yo`l” maxallasida yashaydigan 2-gurux nogironi Sh.Uning aqli zaifligidan foydalanib bo`yniga arqon bilan azob bergan” fuqaro qo`lga olindi. Bu haqda Navoiy viloyati IIb Axborot xizmati xabar bermoqda.

2021 yilning 23 yanvar kuni “Telegram” tarmog`ining “Navoiy kanal” ida "Navoiy viloyati Navbahor tumani “Yangi-yo`l” maxallasida yashaydigan 2-gurux nogironi Sh.U aqli zaifligidan foydalanib bo`yniga arqon bilan azob bergan” nomli videolavha tarqalgan edi.

Ushbu videolavhani o`rganish davomida videolavhadagi shaxs haqiqatdan ham Navbahor tumani Yangi yo`l maxallasida yashovchi, 2-guruh nogironi Sh.U ekanligi hamda holat 2021 yilning 22 yanvar kuni soat 14:00 da Navbahor tumani Yangi yo`l maxallasida sodir bo`lganligi ma`lum bo`ldi. Mazkur videolavha fuqaro P.K tomonidan o`zining yashash xonadonidagi molxonasida shunchaki hazil uchun olingani va do`stlariga tashlagani, ijtimoiy tarmoqlarga qanday chiqib ketganligidan xabari yo`qligi aniqlandi.

    Hozirda ushbu holat yuzasidan Navbahor tuman IIB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.  

Шарҳлар