AsosiyDunyo

Oddiy fuqaro lotereyadan 1 milliard dollar yutib oldi

'Oddiy fuqaro lotereyadan 1 milliard dollar yutib oldi'ning rasmi

Michigan shtatida sotilgan Mega Millions chiptasi oddiy fuqaroga 1 milliard dollarni tuhfa qildi. Bu haqda lotereya sayti ma`lumotiga tayanib TASS xabar berdi.

"1 milliard dollarlik nominal jekpot (naqd 739,6 million dollar) Michigan shtatidagi omadli chipta egasiga nasib qildi", - deyiladi veb-saytda.

Tashkilotchilar ushbu sovrin lotereya tarixidagi ikkinchi eng katta yutuq ekanligini ta`kidladilar. 2018 yilda Janubiy Karolinada sotilgan chipta 1,5 milliard dollarlik yutuq keltirgan edi. Associated Press xabariga ko`ra Michigan fuqarosining bu yutug`i AQSh tarixidagi uchinchi eng yirik lotereya sovrinidir.

    Boshqa yangiliklar