Buyuk Britaniyada tarqalgan koronavirusning yangi mutasiyasida avvalgi variantlarga qaraganda o`lim xavfi 30%ga ko`proq. Bu haqda Buyuk Britaniya hukumati xabar bermoqda.
Buyuk Britaniyaning Bosh vaziri Boris Jonson Downing Street-da juma kuni bo`lib o`tgan matbuot anjumanida "yangi variantning o`lim darajasi yuqoriligi bilan bog`liq bir qancha dalillar mavjud" dedi.
22 yanvar kuni Buyuk Britaniyada yangi mutasiyadagi koronavirus aniqlangan odamlarning 1401 tasida o`limi qayd etildi.
Buyuk Britaniya hukumatining bosh ilmiy maslahatchisi Ser Patrik Vallansning ta`kidlashicha, u yangi variantning ningyuqumlilik darajasi ham yuqori
Vallansning aytishicha, Buyuk Britaniyada o`rtacha 1000 keksadan 10 nafari eski variantdan vafot etgan bo`lsa, yangi variant bilan kasallangan har 1000 kishidan 13 tasida o`lim yuzaga kelmoqda.
Shuningdek, Vallans matbuot anjumanida koronavirusning britancha varianti mavjud vaksinalarga nisbatan ancha chidamli ekanligi to`g`risida hech qanday dalil yo`qligini aytdi. Biroq, u Janubiy Afrika va Braziliya variantlarining vaksinalarga moyilligi haqida ko`proq tashvishlanayotganini aytdi.