my5
Sevimli

1,8 milliard so`mlik imtiyozlarni noqonuniy qo`lga kiritmoqchi bo`lgan qonunbuzarlar fosh qilindi

Jinoyat 24.01.2021, 09:10
Теглар: Bojxona
1,8 milliard so`mlik imtiyozlarni noqonuniy qo`lga kiritmoqchi bo`lgan qonunbuzarlar fosh qilindi

Davlat bojxona qo`mitasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va o`z xavfsizlik boshqarmasi va Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan soxta hujjatlar bilan import operasiyalarini amalga oshiradigan “tadbirkorlar”ning bojxona to`lovlarini chetlab o`tishga bo`lgan urinishi o`z vaqtida fosh etildi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bojxona qo`mitasi Axborot xizmati xabar berdi.

Fuqarolar D.Sh. va Sh.X.lar Xitoyda ishlab chiqarilgan, siqilgan gazda harakatlanuvchi 2 ta “NOWO” rusumli avtomashinani rasmiylashtirish uchun Farg`ona viloyati bojxona boshqarmasida “Bojxona ombori” bojxona rejimiga rasmiylashtirishadi.

Biroq O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 maydagi “Hududlarda ko`p qavatli binolar qurish ishlarini jadallashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-4718-son qaroriga muvofiq dizel yonilg`isida harakatlanuvchi yuk avtomashinalarini 2021 yil 1 yanvargacha bo`lgan muddatda respublikamizga import qilishda imtiyoz qo`llanilishini bilib qolgan uddaburonlar, 1,8 mlrd. so`mlik imtiyozni qo`lga kiritish maqsadida avtomashinalarni “reeksport” bojxona rejimiga rasmiylashtirib, qing`ir rejasini amalga oshirish uchun mamlakatimizdan qayta olib chiqib ketishadi.

Oradan 1 oy vaqt o`tib, uddaburon shaxslar avtomashinadagi gaz ballonlarini echib, avtomashinaga yonilg`i bakini o`rnatib, avtomashinaning motor qismini esa siqilgan gazda emas balki dizel yonilg`isida harakatlanishga vaqtinchalik o`zgartirib qayta olib kirishadi.

Tabiiyki hujjjatlar ham shu yo`sinda soxtalashtiriladi.

Qonunbuzarlar jinoiy qilmishini yashirish maqsadida avtomashinalarning soxta hujjatlarini “Toshkent-tovar” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postiga taqdim etadi.

Rasmiylashtiruv jarayonida Davlat bojxona qo`mitasidagi maxsus dasturlar va Situasion markazdagi ma`lumotlar, shuningdek ushbu 2 ta yuk avtomashinalarining identifikasion belgilari orqali mazkur avtomashinalar  ilgari yurtimizdan reeksport qilingani ma`lum bo`ldi.

Hozirgi kunda dvigateli dizel yonilg`isida emas, aslida siqilgan gazda harakatlanuvchi umumiy qiymati 2 milliard so`mlik avtomashinalar vaqtincha saqlovga olindi va bojxona organlari tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 182-moddasining 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Shuningdek, Davlat bojxona qo`mitasining tegishli tarkibiy tuzilmalari va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirlar davomida xorijda ishlab chiqarilgan mashinalarni import qilishda soxta hujjatlar tayyorlab berayotgan shaxslardan iborat jinoiy guruh qo`lga olingan.

O`tkazilgan tergov harakatlari davomida ushbu qonunbuzar shaxslarning ish joylari ko`zdan kechirilganida tovarlarning soxta yo`l yuk kuzatuv hujjatlarini tayyorlashda foydalaniladigan kompter texnikalari hamda qo`shni davlat idoralariga tegishli bo`lgan 10 dan ortiq muhr va shtamplar borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi jinoiy guruhning boshqa a`zolarini hamda noqonuniy xatti-harakatlarini aniqlash va chek qo`yish maqsadida tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

 

Шарҳлар

“Jartepa” chegara bojxona posti talabalar uchun ochildi

17.02.2021, 18:02

Ko`pchilik talaba-yoshlarning murojaatlari inobatga olinib, joriy yilning 17 fevral kunidan talabalar Urgut tumanida Tojikiston Respublikasi bilan chegarada joylashgan “Jartepa” chegara bojxona posti orqali harakatlanishlariga ruxsat...
Bojxona yig`imlarining yangi stavkalari tasdiqlandi

10.11.2020, 22:37

Hukumatning tegishli qarori (30.04.1999 y) bilan, bojxona yig`imlari stavkalari tasdiqlandi.Bu haqda O`zA xabar bermoqda.Yangi bojxona yig`imlari stavkalari quyidagilarni nazarda tutadi: davlat bojxona xizmati organlari tomonidan amalga...
Bojxonachilar qariyb 10 mlrd.so`mlik “tranzit operasiyasi”ga chek qo`yishdi

26.10.2020, 21:28

Bojxonachilar qariyb 10 mlrd.so`mlik “tranzit operasiyasi”ga chek qo`yishdi.Bu haqda Davlat Bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar berdi.Davlat bojxona qo`mitasining Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boshqarmasi...
Farg`onada sifati kafolatlanmagan gaz hisoblagichlar fosh etildi

21.12.2019, 11:46

Farg`ona viloyati bojxona boshkarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro A.D. boshqaruvidagi “Ford  Tranzit” rusumli  yuk...