my5
Sevimli

Faollashtirilgan ko`mir (ugol) haqida siz bilmagan faktlar

Jamiyat 24.01.2021, 14:54
Faollashtirilgan ko`mir (ugol) haqida siz bilmagan  faktlar

Faollashtirilgan ko`mir (ugol) tanani tozalashning dunyodagi eng qadimgi va eng mashhur usullaridan biridir. Ko`pchilik ushbu preparatni nafaqat zaharlanishda yordam beradigan, balki vazn yo`qotish va sochlarning o`sishiga yordam beradigan universal vosita deb hisoblaydi.

1. Boshqa dorilar bilan o`zaro aloqasi?

Ko`pchilik tomonidan yaxshi ko`rilgan qora tabletkalar ham foyda, ham zarar etkazishi mumkin. Faollashtirilgan ko`mir ba`zi dorilarni adsorbsiya qiladi, masalan antidepressantlar va yallig`lanishga qarshi dorilarni, shu sabab ularni birgalikda ishlatish tavsiya etilmaydi.

2. Terini tozalaydimi? 

Faollashgan ko`mir terini parvarish qilish mahsulotlarining tarkibiy qismiga aylanib bormoqda. Uning afzalliklari adsorbsion va g`ovakli tuzilishi bilan izohlanadi.

3. Yomon xolesterinni yo`q qiladi?

Faollashtirilgan ko`mir yomon xolesterin bilan kurashishga va qon tomirlarini tozalashga yordam beradi deb ishoniladi. Ammo dori qon oqimiga kirmaydi, demak, prinsipial jihatdan uni tozalashi mumkin emas.

4. Ozishga yordam beradimi?

Kilogramm yo`qotish uchun faol lashtirilgan ko`mir kursi foyda bermaydi. Preparat zaharlanishdan keyin toksinlarni o`zlashtirishi mumkin (ma`lum vaqt ichida), ammo yog yo`qotish xususiyatiga ega emas. Vazn yo`qotish uchun ortiqcha yog`lar va uglevodlarni tanadan chiqarib tashlash kerak.

Шарҳлар