Videoda fuqarolarning ushbu murojaatiga Sirdaryo viloyati Oqoltin hokimi Dilmurod Fozilov 10-sovxozda yashagan opasi boshqa joydan, "kam ta`minlanganlar"ga ajratilgan uydan olganligini tan olgan.
Bloger Zafarjon Solijonov ushbu holatga quydagicha munosabat bildirgan.
Agar hokimning opasi Vazirlar Mahkamasining 285-sonli qarori va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga javob beradigan tartibda, navbatda turib olgan bo`lsa, gap bo`lishi mumkin emas. Bunga e`tirozim yo`q.
Agar qonun talablariga zid harakat qilgan bo`lsa, hokimni tinch qo`ying, iltimos. Shuncha uxlamasdan ishlab, bekorchi majlislarni qilib, demagog bo`lish osonmi? Hokimlik vaqtida qarindoshlariga yaxshilik qilib olmasa, keyin qachon qiladi? Axir bu tayyor baxt qushiku. Hokim bo`lishning o`zi falon pul, tfu, uzr, falon mashaqqat. Nega bu darajada hasadgo`y bo`lib ketyapmiz, xalq xizmatkorlariga nisbatan?
Yana ular o`zimizning "shuncha yil amalda o`tiribdiku, opasini ahvolini qara, yordam bermabdi, sadqai odam ket, pastkash" degan gapimizga tayyorlanyaptiku!