Boks bo`yicha ayollar o`rtasida Osiyo chempionati g`olibi (2017 yil), ko`p karra O`zbekiston chempioni Go`zal Ismatova 25 yoshida vafot etdi.
Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi jamoasi ma`lum qildi.
Go`zal Ismatova 1996 yil 3 yanvarda Jizzax viloyatining Zomin tumanida tug`ilgan. Og`ir vazn (+81 kg) toifasida ringga chiqqan.
Sportchi 2014-2017 yillarda O`zbekiston chempionligini qo`lga kiritgan.