Farg`ona viloyatida IIBga kelib tushgan xabarga ko`ra, Milliy gvardiya, IIO FMB va DXX mas`ul xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda MIlliy gvardiya Axborot xizmati xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, Qo`qon shahrida yashovchi fuqaro T.M.dan Xo`qandiy mavzesida yashovchi “Barno” ismli ayol o`zi bilan birga jinsiy aloqa qilganligi holati tushirilgan video tasvirlar borligini va ushbu video tasvirlarni o`chirib tashlashlik uchun 2.000 AQSh dollari miqdoridagi pulni talab qilgan. Agarda bu pullarni bermasa video tasvirlarni tarqatib, yaqinlariga ko`rsatish orqali sharmanda qilishini aytib qo`rqitib kelayotganligi ma`lum bo`lgan.
Hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbir davomida Qo`qon shahar Xo`qandiy mavzesidagi ko`p qavatli uylarning biri oldida o`zaro kelishilgandek “Barno” ismli ayol va uning voyaga etmagan jiyani Sh.R.lar birgalikda tovlamachilik yo`li bilan fuqaro M.T.dan 2.000 AQSh dollari miqdoridagi pulni olgan vaqtida daliliy ashyolar bilan qo`lga olingan.
Qo`qon shahar IIB xodimlari tomonida olib borilgan dastlabki o`rganishlar davomida “Barno” ismli ayol Qo`qon shahrida yashovchi 1996 yilda tug`ilgan fuqaro Q.O. ekanligi ma`lum bo`lgan. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.
25.02.2021 12:49
Farg`onada ayol erkakni o`zi bilan birga jinsiy aloqa qilganligi aks etgan videoni tarqatish bilan qo`rqitib, 2 ming AQSh dollari talab qildi
