27 fevral kunduz kuni O`zbekistonda havoning iliq bo`lishi kutilmoqda.
Respublika bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog`istonda va Xorazm viloyatida ba`zi joylarda biroz qor yog`adi.
Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo 0-5° iliqgacha isiydi.
Poytaxtimizda havo bulutli bo`ladi, ba`zida esa havo ochiq bo`ladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo 2-4° iliqgacha isiydi.
Respublikaning tog`li hududlarida 🌨ba`zi joylarda qor yog`adi, tuman tushishi mumkin. Qor ko`chishi xavfi bor. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo sovuq bo`ladi, 5-10° sovuq.