«Real» sardori Serxio Ramos ko`p ehtimol bilan shartnomasini uzaytiradi, deb yozadi El Espanol.
Manbaga ko`ra, himoyachi madridliklar bilan 2023 yilgacha mo`ljallangan yangi shartnoma tuzishga juda yaqin.
Ispaniyalik futbolchining maoshi koronavirus pandemiyasidagi inqiroz tufayli 10 foizga qisqaradi va yiliga 12 mln evroni tashkil qiladi.
Ta`kidlanishicha, Ramosga «Real»dan bo`lgan taklif yagona bo`lib turibdi. Boshqa klublardan aniq taklif yo`q.
Ma`lumot o`rnida, Ramos «Real»da 2005 yildan beri harakat qiladi. U bu mavsumda La Ligada 14ta bahsda 2ta gol urdi.