Ijtimoiy tarmoqlarda “2 nafar qizi bor hamshira ayolni urib sudrashgani aks etgan video tarqaldi” sarlavhasi ostida tarqalgan video yuzasidan ma`lumot
Tasvirlardagi holat 2021 yil 5 fevral kuni Pastdarg`om tumanida sodir bo`lgan.
Kelishmovchilik, tumanning “Bog`ishamol” mahallasida yashovchi, 1998 yilda tug`ilgan fuqaro X.D. hamda uning “A.Navoiy” MFYdagi uyida ijarada yashab kelayotgan, 1983 yilda tug`ilgan B.S.lar o`rtasida sodir bo`lgan.
Fuqaro X. ushbu uyni boshqa bir kishiga sotganligi sababli, ijarachidan uydan chiqishini, so`ragan. B. esa ushbu xonadonning ijara pulini mart oyiga qadar to`lab qo`yganligini, shu sababli uydan chiqmasligini aytgan.
Oqibatda janjal yuzaga kelgan. Natijada fuqaro B. tan jarohatlari bilan Pastdarg`om tumani tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.
Holat yuzasidan barcha hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy qaror qabul qilish uchun Jinoyat ishlari bo`yicha Pastdarg`om tuman sudiga taqdim etilgan.
09.04.2021, 23:32
Samarqand shahrida 9 aprel, juma kuni «Hyundai Bongo» va «Malibu» ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Bu haqda Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar...09.04.2021, 15:26
Payariq tumanida suv inshooti va tarmog`ini rekonstruksiya qilishdagi talon-torojlik aniqlangan. Bu haqda Prokuratura departamenti xabar qildi.Ma`lum bo`lishicha, H.Q. MChJ rahbari va boshqalar Uymovut MFY hududidagi...07.04.2021, 18:41
Avvalroq, Samarqandda yaylov yo`qligidan norozi xalq qo`ylarni hokimiyat binosi oldiga haydab kelgani haqida xabar bergan edik. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining xabar berishicha, Samarqand viloyati Nurobod tumani...06.04.2021, 14:17
5 aprel kuni Paxtachi tumani “Saroy” mahallasida yashovchi 15-20 nafar fuqarolar shu mahallada o`rnatilgan transformator buzilganligi sababli, elektr energiyasi yo`qligidan norozi bo`lib, M-37 yo`lining Paxtachi...