Ijtimoiy tarmoqlarda yosh yigitning kasalxonada yotganligi aks etgan fotosurat tarqaldi. Fotosurat sharhiga “San`at instituti talabasi 5 kundan beri komada”, deb yozilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBBning ma`lum qilishicha, joriy yilning 19 fevral kuni soat 12.30 larda 18 yoshli Madamin A. va O`zbekiston davlat san`at va madaniyat instituti talabasi 20 yoshli Jaxongir A. o`rtasida kelib chiqqan mojaro, janjalga aylangan. Natijada Madamin A. qo`l jangi usulini qo`llab, ikkalasi erga yiqilgan. Yiqilish jarayonida Jaxongir A. beton to`siqqa boshi bilan urilgan. Oqibatda u tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug`bek tumani IIO FMB tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi (“Qasddan og`ir tan jarohati etkazish”) alomatlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Madamin A. jinoyat ishiga gumon qilinuvchi sifatida jalb qilingan. Tergov davom etmoqda.
Aniqlanishicha, yigit yana komaga tushib qolgan.
13.04.2021, 13:41
Mirzo Ulug`bek tumanidagi Mustaqillik va Parkent ko`chalarini tutashtiruvchi (eski Pushkin chorrahasi) yo`l foydalanishga topshirildi. Bu haqda Mirzo Ulug`bek tuman hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi. Ushbu yo`lda...12.04.2021, 18:40
2021 yil 10 aprel kuni taxminan soat 16.40 da Mirobod tumani Mehrjon ko`chasida (Dilkash kafesi qarshisida) ikkita transport vositalari: 65 yoshli Ozarbayjon Respublikasi fuqarosi Xalik...10.04.2021, 12:38
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tuman bo`limi tomonidan «Hududgaz poytaxt» gaz ta`minoti filialining murojaatiga asosan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «Yunusobod tumangaz» bo`limi xodimi R.T. xizmat...07.04.2021, 15:50
Toshkent shahri Olmazor tumani bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan voyaga etmagan 17 yoshli Abdulaziz J.,ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi...