AsosiyJamiyat

Bosh vazir o`rinbosari Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida favqulodda yig`ilish o`tkazdi. Sabab...

'Bosh vazir o`rinbosari Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida favqulodda yig`ilish o`tkazdi. Sabab...'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari B.Musaev boshchiligida Toshkent davlat iktisodiyot universitetida talabalar yashash sharoiti va harakatlanishi monitoringini yo`lga qo`yish va bu boradagi ishlarni takomillashtirish masalasida videoselektor yig`ilishi o`tkazildi.

Yig`ilishda oliy ta`lim muassasalari rektorlari, prorektorlari, dekan, shuningdek, yoshlar bo`yicha etakchilari tomonidan talabalarning yashash sharoitlarini tahlil qilish o`z holiga tashlab qo`yilganligi tanqid qilindi.

Muhokama natijasida bir qator masalalrni amalga oshirish rejalashtirildi.

Birinchidan, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sog`liqni saqlash vazirligi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligining “Talabalar yashash sharoiti va xarakatlanishi monitoringini yo`lga qo`yish va bu boradagi ishlarni takomillashtirish” yuzasidan qo`shma qarorini qabul qilish va  har bir hududda Ishchi guruh tuzib, ijarada va yaqin qarindoshinikida yashayotgan talabalar bo`yicha o`rganish tizimini joriy qilish;

Ikkinchidan, har bir hudud kesimida talabalar turar joylari va ijaradagi talabalarning yashash sharoiti va turar joyi holatini, ayniqsa yong`in va boshqa texnik xavfsizlik talablariga mos kelishini to`liq tanqidiy va tahliliy o`rganish;

Uchinchidan, oliy ta`lim muassasalari prorektorlarining lavozim vazifalarini qayta ko`rib chiqib, ularning talabalar turar joyi va ijarada yashaydigan talabalar bilan ishlash tizimini yaratish;

To`rtinchidan, Favqulodda vaziyatlar vazirligining joylardagi boshqarma va bo`limlari bilan birgalikda har bir talabalar turar joyidagi yong`in xavfsizligi va boshqa texnik xavfsizlik masalalarini o`rganib chiqish;

Beshinchidan, talabalarga birlamchi yong`in va boshqa texnik xavfsizlik masalalari bo`yicha etarli tushuntirishlar berish;

Oltinchidan, ijarada turadigan talabalar bilan guruh murabbiylari, profilaktika inspektorlari va mahalla mas`ullari tomonidan hamkorlikda olib boriladigan profilaktik tadbirlar qamrovi va sifatini oshirish;

Ettinchidan, viloyat markazlariga yoki Toshkent shahriga uzoq tumanlar va boshqa viloyatlardan oliy ta`lim muassasasiga o`qishga kelib, ijarada turadigan talabalarni vaqtinchalik ro`yxatga olish mexanizmini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;

Sakkizinchidan, oliy ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilingan talabalarning ehtiyojidan kelib chiqib, talabalar turar joylarini qurish yuzasidan ishlab chiqilgan manzilli dasturni takomillashtirish.

Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sog`liqni saqlash vazirligi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligining “Talabalar yashash sharoiti va xarakatlanishi monitoringini yo`lga qo`yish va bu boradagi ishlarni takomillashtirish” yuzasidan qo`shma qarorga muvofiq tuzilgan Ishchi guruhlar joriy yilning 1 martidan o`z faoliyatini boshlaydi.

Eslatib o`tamiz, kecha 2021 yilning 28 fevral kuni Yunusobodda ijaradagi uydan besh nafar talabaning murdasi topilgan edi. 

Boshqa yangiliklar